Samsung MG23K3575AK/BW [159/192] Issiq to lqinli gril xususiyatlaridan foydalanish

Samsung MG23K3575AK/BW [159/192] Issiq to lqinli gril xususiyatlaridan foydalanish
O'zbek 15
Pechdan foydalanish
Issiq to‘lqinli avtomatik xususiyatlardan foydalanish
Аэрогриль меню (Issiq to‘lqinli avtomatik) xususiyatlarida 15 ta tayyorlash vaqti oldindan dasturlab qo‘yilgan. Ular
uchun tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi. Tayyorlanadigan porsiyalar sonini Doiraviy
shkalani buragan holda belgilashingiz mumkin.
MUHIM
Doimo pechdagi idishlarni qo‘lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi.
1
1. Аэрогриль меню (Issiq to‘lqinli avtomatik) tugmasini
bosing.
3
2
2. Doiraviy shkalani buragan holda tayyorlanayotgan taom
turini tanlang. (Yon tomondagi jadvalga qarang.)
3. СТАРТ/+30 СЕК (START/+30s) tugmasini bosing.
Natija: Taom avvaldan dasturlashtirilgan
parametrlarga muvofiq tayyorlanadi.
1) Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2) Yakunlanganini eslatish signali (bir daqiqa intervali
bilan) 3 marta beriladi.
3) Displeyda yana joriy vaqt ko‘rsatiladi.
Issiq to‘lqinli gril xususiyatlaridan foydalanish
Аэрогриль (Issiq to‘lqinli gril) mikroto‘lqindan foydalanmagan holda taomni tez isitish va qovurish imkonini beradi.
Issiq to‘lqinli gril ishlab turganida ventilyatorning yonish/o‘chish ovozi chiqadi, bu normal holat.
Agar pastki taglikdan foydalansangiz, yaxshiroq tayyorlangan va grillangan taomni olasiz.
MUHIM
Doimo pechdagi idishlarni qo‘lqop bilan ushlang, chunki ular qizigan bo'ladi.
1. Eshigini ochib, taomni tokchasiga qo‘ying, keyin eshikni
yoping.
2
2. Аэрогриль (Issiq to‘lqinli gril) tugmasini bosing.
Natija: Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish
qilinadi:
(Issiq to‘lqinli gril rejimi)
Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.
4
3
3. Doiraviy shkalani buragan holda gril vaqtini o‘rnating.
Grilda tayyorlashning eng uzoq vaqti 60 daqiqa.
4. СТАРТ/+30 СЕК (START/+30s) tugmasini bosing.
Natija: Grilda tayyorlash boshlanadi.
1) Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2) Yakunlanganini eslatish signali (bir daqiqa intervali
bilan) 3 marta beriladi.
3) Displeyda yana joriy vaqt ko‘rsatiladi.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 15 2017-02-01  2:13:57

Содержание

Похожие устройства

Скачать