Samsung MG23K3575AK/BW [152/192] Ushbu mashinani to g ri chiqitga chiqarish ishlatilgan elektr va elektronika jihozi

Samsung MG23K3575AK/BW [152/192] Ushbu mashinani to g ri chiqitga chiqarish ishlatilgan elektr va elektronika jihozi
8 O'zbek
O‘rnatish
Mahsulot guruhi bayoni
Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta ishlash uchun elektromagnit
nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi va shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM
qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun jihozlarni o'z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta'minlovchi past kuchlanishga ega bo'lgan tarmoqqa
to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va
uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar,
USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar
bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni
nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning
salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun
ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan
ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga
ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun
ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar
olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy
hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan
bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak.
Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij
oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
O‘rnatish
Anjomlar
Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta anjom kiradi, ular turli shaklda qo'llanilishi mumkin.
01
01 Rolikli taglik, pechning markaziga o‘rnatiladi.
Vazifasi: Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab
turadi.
02
02 Aylanuvchi patnis, rolikli taglikka markazi muftaga
o'rnashadigan tarzda joylashtiriladi.
Vazifasi: Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash
uchun asosiy yuza bo'lib xizmat qiladi; uni
osonlik bilan pechdan chiqarib olish va
yuvish mumkin.
03
03 Gril uchun taglik, aylanuvchi patnisga o'rnatiladi.
Vazifasi: Metall taglikdan gril rejimida va taom
tayyorlashning birgalikdagi rejimida
foydalanish mumkin.
MUHIM
Mikroto'lqinli pechdan rolikli taglik va aylanuvchi patnissiz FOYDALANMANG.
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 8 2017-02-01  2:13:54

Содержание

Похожие устройства

Скачать