Samsung MG23K3575AK/BW [172/192] Pechdan foydalanish

Samsung MG23K3575AK [172/192] Pechdan foydalanish
28 O'zbek
Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
3-6
Zanjabil va limonli
choy
1 porsiya 200 ml suv, 1 qoshiq qora choy, 1 tilim limon, 5 g
zanjabil, ta’bga ko‘ra shakar
Ko'rsatmalar
Qora choy, limon tilimi va to‘g‘ralgan zanjabilni katta chashkaga soling.
Suv quying. Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing. Tayyor
bo‘lgach, dasturxonga tortishdan oldin 5 daqiqaga qo‘yib qo‘ying.
Chashkaga filtrdan o‘tkazing.
3-7
Kakao
1 porsiya 200 ml sut, 2 qoshiqcha shakar, 1 qoshiqcha kakao
kukuni
Ko'rsatmalar
Katta chashkaga sut quying. Kakao bilan shakar solib, aralashtiring.
Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing.
3-8
Qaynoq shokolad
1 porsiya 100 g achchiq shokolad, 250 ml sut, 2 qoshiq suv,
ta’bga ko‘ra shakar
Ko'rsatmalar
Shokoladni sindirib, katta kosaga soling. Sut va suv qo‘shib,
aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing.
Tayyor bo‘lgach, dasturxonga tortishdan oldin 1 daqiqaga qo‘yib
qo‘ying. Ta’bga ko‘ra shakar qo‘shing.
3-9
Klyukvali mors
1 porsiya Muzlatilgan klyukva - 50 g, shakar - 35 g, suv - 200 ml
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni jomda aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib,
Start tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach, dasturxonga tortishdan oldin
1 daqiqaga qo‘yib qo‘ying va filtrdan o‘tkazing.
3. Ichimliklar
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
3-1
Limon va yalpizli choy
1 porsiya 200 ml suv, ½ qoshiq qora choy, limon parragi, bir
nechta yalpiz bargi
Ko'rsatmalar
Qora choyni chashkaga solib, yalpiz va limon qo‘shing. Suv quying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Tayyor
bo‘lgach, filtrdan o‘tkazing. Ta’bga ko‘ra shakar qo‘shing.
3-2
Ilitilgan shirin vino
(Glintvein)
1 porsiya 150 ml quruq qizil vino, 1 tilim apelsin, 1 tilim limon,
1 tilim olma, 10 g shakar, 1 ta dolchin shoxchasi, 5 ta
gvozdika kurtagi
Ko'rsatmalar
Apelsin, limon va olmani katta kosaga solib, ustidan dolchin, gvozdika
va shakar qo‘shing. Vinoga botirib, yaxshilab aralashtiring. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach,
pechdan Glintwein vinosini ehtiyotlik bilan olib, bokallarga quying.
3-3
Dolchin va asalli choy
1 porsiya 200 ml suv, ½ qoshiq dolchin, 1 qoshiq asal
Ko'rsatmalar
Dolchinni suvga soling. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach, o‘rtacha haroratgacha soviting.
Asal soling.
3-4
Sut va kardamon
qo‘shilgan choy
1 porsiya 1 qoshiqcha qora choy, 100 ml sut, 100 ml suv,
5 g zanjabil, 4 ta kardamon, 4 ta gvozdika kurtagi,
1 qoshiqcha shakar
Ko'rsatmalar
Suvni sut bilan aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib, Start
tugmasini bosing. Signal berilgach, unga qora choy, to‘g‘ralgan
zanjabil, ziravorlar va shakar qo‘shing. Mikroto‘lqinli pechga solib, yana
Start tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach, chashkaga filtrdan o‘tkazing.
3-5
Mevali ichimlik
1 porsiya 200 ml suv, 1 qoshiq reza mevalar, ta’bga ko‘ra shakar
Ko'rsatmalar
Reza mevalarni katta chashkaga solib, suv quying. Ta’bga ko‘ra shakar
qo‘shing. Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 28 2017-02-01  2:13:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать