Samsung MG23K3575AK/BW Руководство по эксплуатации онлайн [171/192] 804577

Samsung MG23K3575AK Руководство по эксплуатации онлайн [171/192] 786581
O'zbek 27
Pechdan foydalanish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-8
Chuchvara sho'rva
300-400 g 220 g tayyor chuchvara, 1 stakan bulyon, 1 dona
sarimsoq, 1 ta dafna bargi, 2 ta ukrop shoxchasi, 2 ta
ko‘kpiyoz, butun qalampirmunchoq, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Bulyonni chuqur kosaga quying. Dafna barglari, bir nechta
qalampirmunchoq, tuz va yupqa kesilgan sarimsoqni qo‘shing.
Chuchvarani solib, qopqoq bilan yoping. Mikroto‘lqinli pechga solib,
Start tugmasini bosing. Ko‘katlarni to‘g‘rang. Dasturxonga tortishdan
oldin chuchvara ustiga ko‘kat seping.
2-9
Grechixa bo'tqasi
250 g 100 g grechka, 220 ml suv, bir nechta petrushka
shoxchasi, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Grechkani chuqur idishga soling. Tuz va suv qo‘shing. Qopqog‘ini
yopib, mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal
berilganidan so‘ng chiqarib olib, aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga
solib, yana Start tugmasini bosing. Petrushkani to‘g‘rang. Pishganidan
so‘ng ko‘katlarni solib, sabzavot yog‘i quying va aralashtiring.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-5
Shchi karam sho'rvasi
900-1000 g 150 g oq karam, ½ sabzi, 1 ta piyoz, 3 ta kichkina
kartoshka, 1½ qoshiq tomat pastasi, 750 ml mol
go‘shtidan yoki tovuq bulyoni, 1 ta dafna bargi,
ta’bga ko‘ra tuz va murch
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni yuvib, archib, to‘g‘rang: karam, piyoz, sabzini qalamcha
qilib, kartoshkani yupqa bo‘lak qilib kesing.
Tayyorlangan sabzavotlarni chuqur idishga solib, ustidan bulyonni
quying. Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing. Signal
berilganidan so‘ng chiqarib olib, sho‘rvaga tomat pastasi, dafna bargi
qo‘shing. Ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing. Mikroto‘lqinli pechga
solib, yana Start tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval
2-3 daqiqa kuting.
2-6
Sabzavotli sho'rva
650-700 g 150 g muzlatilgan sabzavot aralashmasi, 500 ml
sabzavot yoki tovuq bulyoni, 1 dona sarimsoq,
½ o‘rtacha lavlagi, 2 ta ko‘kpiyoz, tuz, ta’bga ko‘ra
murch
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni chuqur kosaga solib, maydalangan sarimsoqni qo‘shing
va ustida bulyon quying. Tuz va qalampir qo‘shib, ustidan mayda
ko‘kat seping. Qopqog‘ini yopib pishiring. Mikroto‘lqinli pechga
solib, Start tugmasini bosing. Sho‘rvani maxsus suxarik bilan birga
dasturxonga torting.
2-7
Koreyscha ugra
1 xaltacha Koreyscha ugra 1 xaltacha,
suv (xona haroratida) – 550 ml
Ko'rsatmalar
Ugrani o‘ramdan olib, kosaga soling va suv quying (550 ml). Yaxshilab
aralashtiring. Plastik folga bilan yopib, bir nechta joyidan teshib
qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 27 2017-02-01  2:13:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать