Samsung MG23K3575AK/BW [164/192] Pechdan foydalanish

Samsung MG23K3575AK [164/192] Pechdan foydalanish
20 O'zbek
Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
1. Rus menyulari
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-1
Omlet
200-250 g 3 ta tuxum, 45 ml qaymoq, 40 g pishloq, ukrop, tuz
Ko'rsatmalar
Pishloqni yirik qirg‘ichdan o‘tkazing va ukropni to‘rtburchak qilib
to‘g‘rang.
Tuxumni kosada qaymoq bilan birga ko‘pirtirib, ta’bga ko‘ra tuz
qo‘shing.
Tuxumli massani chuqur tarelkaga solib, ustiga qirilgan pishloq va
to‘g‘ralgan ukrop seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-2
Konservalangan
no'xotli sosiskalar
2 dona 2 ta sosiska, 150 g konservalangan yashil no‘xat, 20 g
sariyog‘, 1 dona sarimsoq, 1 ta ko‘kpiyoz
Ko'rsatmalar
Ko‘kpiyoz va sarimsoqni to‘g‘rang. No‘xat, piyoz va sarimsoqni kosada
aralashtiring. Sosiska pishirilganida yorilmasligi uchun sanchqi
yordamida bir necha joyida teshing. Sosiskalar, no‘xat, sarimsoq va
piyozni keng tarelkaga yoyib, ustiga bir chaqmoq sariyog‘ qo‘ying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-3
Keks
3 dona 150-170 g un, 50 g shakar, 70-75 ml qaymoq,
20 g sariyog‘, 1 ta tuxum, ½ qoshiqcha yog‘, 100 g
quritilgan kumkvat yoki mandarin, kunjut urug‘i
Ko'rsatmalar
Unni yog‘ bilan kosaga elang, ustiga qaymoq, shakar, yumshoq
sariyog‘ soling, bitta tuxum chaqing va 1-2 daqiqa yaxshilab
aralashtiring. Kumkvatlar qattiqlik qilsa, yumshagunicha qaynoq
suvda iviting, keyin maydalab to‘g‘rang. To‘g‘ralgan kumkvatni xamirga
qo‘shib, aralashtiring. Xamirni kichkina qoliplarga soling, uchdan ikki
qismigacha to‘ldiring, ustiga kunjut seping. Qoliplarni baland taglikka
joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini
bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-4
Limonli qumoq
to‘pchalari
9-10 ta to‘pcha 150 g un, 45 g sariyog‘, 60 g shakar, 1 ta tuxum, 1 ta
limon, 2 qoshiqcha mayda shakar, 2 qoshiq suv
Ko'rsatmalar
Unni kosaga elab, sariyog‘ qo‘shing va qo‘lda aralashtiring. Shakar,
suv, tuxum oqi, limon eti va 1 qoshiqcha limon sharbati qo‘shib,
xamirni qoring. Kichkina zo‘ldirchalar yasab, shakarga bulab oling.
Ularni pergamentli qog‘ozga qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib, Start
tugmasini bosing. Signal berganidan so‘ng ularni oling. Ustiga tuxum
sarig‘i surting va mikroto‘lqinli pechga solib, yana Start tugmasini
bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-5
Tvorogli somsa
2 dona 90-100 g uy pishlog‘i, 10 g vanilli shakar, 0,5 g tuz,
¼ tuxum, 5-10 g sariyog‘ (surtishga), 30 g un
Ko'rsatmalar
Sariyog‘dan tashqari hamma masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Ikkita
pirog yasang. Ustiga sariyog‘ surting. Pergamentli qog‘ozga qo‘yib,
baland taglikka qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng olib, ag‘darib qo‘ying.
Mikroto‘lqinli pechga solib, yana Start tugmasini bosing. Dasturxonga
tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-6
Pishloqli tost
2 kesim Tost non – 2 kesim (26-28 grammdan), pishloq –
2 kesim (20 grammdan)
Ko'rsatmalar
Non kesimlarini baland taglikka qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal berilganida olib, ag‘daring va
ustiga pishloq kesimini qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib, yana Start
tugmasini bosing.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 20 2017-02-01  2:13:58

Содержание

Похожие устройства

Скачать