Samsung MG23K3575AK/BW Руководство по эксплуатации онлайн [165/192] 804577

Samsung MG23K3575AK черная Руководство по эксплуатации онлайн [165/0] 887048
O'zbek 21
Pechdan foydalanish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-7
Pishloqli suxarilar
200-250 g 160 g suluguni pishlog‘i, 60 g suxari, 1 ta tuxum
Ko'rsatmalar
Pishloqni bir tomoni 2-2,5 sm o‘lchamda mayda to‘g‘rang. Tuxumni
ozgina ko‘pirtirib, hosil bo‘lgan qorishmaga pishloq kubiklarini bulang.
Pishloqni suxariga bulab, yana takrorlang (pishloq kubiklarini tuxumga
bulab, barmoqlaringiz bilan tekislang.) Pishloqni keng tarelkada
suxariga joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-8
Moskvacha baliq
500-600 g 250 g oq go‘shtli baliq (treska yoki sudak),
2 qaynatilgan kartoshka, 4 ta shampinon, 1 qoshiq
sabzavot yog‘i,
60 g pishloq, 100 g quyuq smetana, 1 ta dafna bargi,
tuz, ta’bga ko‘ra qalampir
Ko'rsatmalar
Shampinonlarni yaxshilab yuvib, quriting va arching. To‘g‘rang. Baliqni
mayda bo‘laklarga bo‘lib, tarelkaga qo‘ying. Ozgina tuz va qalampir
sepib, ustiga qo‘ziqorin bo‘laklari va dafna bargini qo‘yib, sabzavot
yog‘i seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini
bosing. Pishayotgan paytida pishloqni yirik qirg‘ichdan o‘tkazing.
Signal berilganidan so‘ng ularni oling. Smetanani baliq ustiga qo‘ying,
atrofiga qaynatilgan kartoshkalarni qo‘ying, ustiga pishloqni seping,
qalampir sepib, pechga qaytarib qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Yana start tugmasini bosing.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-9
Ruscha losos steyki
1 dona 1 dona losos vazni 200-220 g, 1 ta limon, 1½ qoshiq
zaytun yog‘i, 1 ta rozmarin shoxchasi, 2 chimdim oq
murch, 1 chimdim muskat yong‘og‘i, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Limon etini kosaga qirg‘ichdan o‘tkazib, ozgina limon sharbati
siqing, yog‘ quying, ziravorlarni qo‘shing va hammasini aralashtiring.
Hosil bo‘lgan marinadga baliqni botirib, baland taglikka qo‘ying.
Mikroto‘lqinli pechga solib, Start tugmasini bosing. Signal berilganidan
so‘ng lososni olib, ag‘darib qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib, yana
Start tugmasini bosing. Tayyor baliqni ta’bga ko‘ra limon sharbatiga
botiring va ozgina tuz qo‘shing.
1-10
Olxo'ri qoqili tovuq
oyoqchalari
300-350 g 2 ta tovuq soni, 1 ta mayda sabzi, ½ piyoz, 80–90 g
danagi olingan olxo‘ri, 1 stakan bulyon yoki suv, 2 ta
ko‘kpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini yuvib, arching va yupqa qilib to‘g‘rang. Chuqur
tarelkaga yoying. Tovuq soniga tuz sepib, to‘g‘ralgan sabzavotlarning
ustiga qo‘ying. Olxo‘rini ustidan qo‘yib, bulyon quying. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal
berilganidan so‘ng ularni oling. Tovuq sonini ag‘darib, mikroto‘lqinli
pechga soling. Yana start tugmasini bosing. Pishganidan so‘ng ustiga
to‘g‘ralgan ko‘kpiyoz seping.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 21 2017-02-01  2:13:58

Содержание

Похожие устройства

Скачать