Samsung MG23K3575AK/BW Руководство по эксплуатации онлайн [169/192] 804577

Samsung MG23K3575AK/BW Руководство по эксплуатации онлайн [169/192] 804577
O'zbek 25
Pechdan foydalanish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-27
Sabzavotlar bilan
dimlangan kurka
go'shti
400-450 g 200 g of kurka filesi, ½ sabzi, ½ kichkina sukkini,
½ piyoz, 250 ml bulyon, tuz, ta’bga ko‘ra murch
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni yuvib, sukkini va sabzini doiraviy shaklda o‘rtacha
o‘lchamda to‘g‘rang. Sabzavotlarni chuqur idishga solib, ustidan
to‘g‘ralgan kurka go‘shtini qo‘ying va bulyon quying. Ta’bga ko‘ra
tuz va qalampir qo‘shing. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Start
tugmasini bosing.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-25
Go'sht bilan
qiymalangan bulg'or
qalampiri
200-250 g 3 ta bulg‘or qalampiri, 150 g aralash qiyma go‘sht,
60 g chala qaynatilgan guruch, 1 stakan suv,
1½ qoshiq tomat pastasi, 1 qoshiq un, ta’bga ko‘ra
tuz, qalampir
Ko'rsatmalar
Masalliqni tayyorlash: qiyma go‘shtni kosada qaynatilgan guruch bilan
aralashtiring, ta’bga ko‘ra qalampir va tuz qo‘shing.
Bulg‘or qalampiri orqasini olib tashlab, urug‘ini va ichidagi pardalarini
tozalang. Har bir bulg‘or qalampiriga qiyma solib, yaxshilab zichlang.
Keyin chuqur kosaga solib, qopqoq bilan yoping. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng
chiqarib olib, ustiga qayla quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
Yana start tugmasini bosing.
Qaylani tayyorlash: Unga tomat pastasi va suv quyib aralashtiring,
ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing.
1-26
Tomatli sousdagi
go'shtli bitkilar
300-350 g 220 g aralashtirilgan qiyma go‘sht, 2 kesim oq non,
1 ta tuxum, 100 ml sut, 1 ta o‘rtacha sabzi, ½ piyoz,
1 qoshiq tomat pastasi, 1 stakan bulyon, ta’bga ko‘ra
tuz va qalampir
Ko'rsatmalar
Nonni sutga botirib, ozgina siqing. Sabzi-piyozni archib, yupqa qilib
to‘g‘rang va chuqur kosaga soling. Qiyma go‘shtni ivitilgan non va
tuxum bilan aralashtiring. Ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing.
Kichkina dumaloq go‘shtli sharchalar yasang. Tomat pastasini bulyon
bilan aralashtirib, ozgina tuz qo‘shing. Sharchalarni sabzavot solingan
kosaga soling, ustidan qaylani quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Start tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng ularni oling.
Go‘shtni ag‘darib, mikroto‘lqinli pechga soling. Yana start tugmasini
bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
MG23K3575AS_BW_DE68-04403T-01_RU+UK+KK+UZ.indb 25 2017-02-01  2:13:59

Содержание

Похожие устройства

Скачать