Samsung MG22M8074AT/BW Руководство по эксплуатации онлайн [175/208] 786562

Samsung MG22M8074AT/BW Руководство по эксплуатации онлайн [175/208] 786562
O'zbek 19
Pechdan foydalanish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-6 Pishloqli tost 2 kesim Tost non – 2 kesim (26-28 grammdan), pishloq – 2
kesim (20 grammdan)
Ko'rsatmalar
Non kesimlarini baland taglikka qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal
berilganida olib, ag‘daring va ustiga pishloq kesimini qo‘ying. Mikroto‘lqinli
pechga solib, yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
1-7 Pishloqli suxarilar 200-250 g 160 g suluguni pishlog‘i, 60 g suxari, 1 ta tuxum
Ko'rsatmalar
Pishloqni bir tomoni 2-2,5 sm o‘lchamda mayda to‘g‘rang. Tuxumni
ozgina ko‘pirtirib, hosil bo‘lgan qorishmaga pishloq kubiklarini bulang.
Pishloqni suxariga bulab, yana takrorlang (pishloq kubiklarini tuxumga
bulab, barmoqlaringiz bilan tekislang.) Pishloqni keng tarelkada suxariga
joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3
daqiqa kuting.
1-8 Moskvacha baliq 500-600 g 250 g oq go‘shtli baliq (treska yoki sudak),
2 qaynatilgan kartoshka, 4 ta shampinon, 1 qoshiq
sabzavot yog‘i, 60 g pishloq, 100 g quyuq smetana,
1 ta dafna bargi, tuz, ta’bga ko‘ra qalampir
Ko'rsatmalar
Shampinonlarni yaxshilab yuvib, quriting va arching. To‘g‘rang. Baliqni
mayda bo‘laklarga bo‘lib, tarelkaga qo‘ying. Ozgina tuz va qalampir sepib,
ustiga qo‘ziqorin bo‘laklari va dafna bargini qo‘yib, sabzavot yog‘i seping.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Pishayotgan paytida pishloqni yirik qirg‘ichdan o‘tkazing.
Signal berilganidan so‘ng ularni oling. Smetanani baliq ustiga qo‘ying,
atrofiga qaynatilgan kartoshkalarni qo‘ying, ustiga pishloqni seping,
qalampir sepib, pechga qaytarib qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-9 Ruscha losos steyki 1 dona 1 dona losos vazni 200-220 g, 1 ta limon, 1½ qoshiq
zaytun yog‘i, 1 ta rozmarin shoxchasi, 2 chimdim oq
murch, 1 chimdim muskat yong‘og‘i, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Limon etini kosaga qirg‘ichdan o‘tkazib, ozgina limon sharbati siqing, yog‘
quying, ziravorlarni qo‘shing va hammasini aralashtiring. Hosil bo‘lgan
marinadga baliqni botirib, baland taglikka qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga
solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal
berilganidan so‘ng lososni olib, ag‘darib qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib,
yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Tayyor baliqni
ta’bga ko‘ra limon sharbatiga botiring va ozgina tuz qo‘shing.
1-10 Olxo'ri qoqili tovuq
oyoqchalari
300-350 g 2 ta tovuq soni, 1 ta mayda sabzi, ½ piyoz, 80–90 g
danagi olingan olxo‘ri, 1 stakan bulyon yoki suv, 2 ta
ko‘kpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini yuvib, arching va yupqa qilib to‘g‘rang. Chuqur tarelkaga
yoying. Tovuq soniga tuz sepib, to‘g‘ralgan sabzavotlarning ustiga qo‘ying.
Olxo‘rini ustidan qo‘yib, bulyon quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal
berilganidan so‘ng ularni oling. Tovuq sonini ag‘darib, mikroto‘lqinli pechga
soling. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Pishganidan so‘ng ustiga to‘g‘ralgan ko‘kpiyoz seping.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 19 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать