Samsung MG22M8074AT/BW [180/208] Pechdan foydalanish

Samsung MG22M8074AT/BW [180/208] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
24 O'zbek
Pechdan foydalanish
2. Sho'rva
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-1 Yormali kasha 250-300 g 40 g suli yormasi, 250 ml sut, 40 g sariyog‘, 2 qoshiq
shakar, 2 ta biskvit, qora qorag‘at yoki xo‘jag‘at
Ko'rsatmalar
Suli yormasini chuqur idishga solib, shakar qo‘shing. Sovuq sut quyib,
aralashtiring. Qopqoq bilan yoping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Pishayotgan
paytida biskvitlarni yirik bo‘laklarga bo‘ling. Pishganidan so‘ng yormaga
sariyog‘ qo‘shing. Yormaning ustiga biskvit bo‘laklarini qo‘yib, reza meva
bilan bezatgan holda dasturxonga torting.
2-2 Go'shtli solyanka 500-600 g 150 g dudlangan go‘sht, 1 ta kichkina sosiska, 1 ta
kichkina tuzlangan bodring, 1 ta o‘rtacha piyoz, 50 g
zaytun, 1–1½ qoshiqcha kavar, suvi bilan, 2 qoshiq
tomat pyuresi, 250-300 ml tayyor bulyon
Ko'rsatmalar
Dudlangan go‘shtni yupqa kesimda, sosiskani yupqa halqalar shaklida,
piyozni esa yarim halqa shaklida to‘g‘rang. Bulyonni sopol yoki shisha
idishga solib, ustida tomat pyuresi va to‘g‘ralgan piyozni soling.
Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing. Signal berilganida chiqarib oling va sosiska bilan dudlangan
go‘shtni qo‘shing. Keyin yupqa qalamchalangan bodring, zaytun, kavarni
qo‘shib, hammasini aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib, yana
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga
tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-3 Borsh 900-1000 g 750 ml go‘sht bulyoni, 150 g oqbosh karam, ½
o‘rtacha piyoz, ½ o‘rtacha lavlagi, ½ o‘rtacha sabzi,
2-3 dona sarimsoq, 2 qoshiqcha tomat pastasi, 2-3
qoshiq kubik shaklidagi ko‘kpiyoz, 1 ta dafna bargi,
ta’bga ko‘ra tuz va qalampir, ustiga quyish uchun
smetana
Ko'rsatmalar
Karam, sabzi va piyozni archib, yuving. Yupqa qalamcha qilib to‘g‘rang.
Hammasini katta shisha idishga solib, ustidan qaynab turgan bulyonni
quying. Sho‘rvaga tuz, qalampir, dafna bargi va tomat pastasi solib,
aralashtiring. Qopqoq bilan yoki plastik folga bilan o‘rang. Mikroto‘lqinli
pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Tayyor sho‘rvaga maydalangan ko‘katlar va sarimsoqni solib, bir necha
daqiqaga qopqog‘ini yopib qo‘ying.
2-4 Tovuqli ugra 700-800 g 1 tovuq filesi, ½ sabzi, ½ piyoz, 40 g pasta, 4
petrushka shoxchasi, 500 ml tovuq bulyoni, ta’bga
ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Tovuq filesini yuvib, quriting va mayda bo‘laklarga bo‘ling. Tovuqni
chuqur idishga solib, ustidan bulyonni quying. Sho‘rvaga pastani qo‘shib,
aralashtiring. Sabzi-piyozni archib, yupqa qilib to‘g‘rang. Ularni sho‘rvali
idishga solib, ustidan tuz va maydalangan ko‘kat soling. Mikroto‘lqinli
pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 24 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать