Samsung MG22M8074AT/BW Руководство по эксплуатации онлайн [179/208] 786562

Samsung MG22M8074AT/BW Руководство по эксплуатации онлайн [179/208] 786562
O'zbek 23
Pechdan foydalanish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-25 Go'sht bilan qiymalangan
bulg'or qalampiri
200-250 g 3 ta bulg‘or qalampiri, 150 g aralash qiyma go‘sht, 60
g chala qaynatilgan guruch, 1 stakan suv, 1½ qoshiq
tomat pastasi, 1 qoshiq un, ta’bga ko‘ra tuz, qalampir
Ko'rsatmalar
Masalliqni tayyorlash: qiyma go‘shtni kosada qaynatilgan guruch bilan
aralashtiring, ta’bga ko‘ra qalampir va tuz qo‘shing.
Bulg‘or qalampiri orqasini olib tashlab, urug‘ini va ichidagi pardalarini
tozalang. Har bir bulg‘or qalampiriga qiyma solib, yaxshilab zichlang. Keyin
chuqur kosaga solib, qopqoq bilan yoping. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal
berilganidan so‘ng chiqarib olib, ustiga qayla quying. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing.
Qaylani tayyorlash: Unga tomat pastasi va suv quyib aralashtiring, ta’bga
ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing.
1-26 Tomatli sousdagi go'shtli
bitkilar
300-350 g 220 g aralashtirilgan qiyma go‘sht, 2 kesim oq non,
1 ta tuxum, 100 ml sut, 1 ta o‘rtacha sabzi, ½ piyoz, 1
qoshiq tomat pastasi, 1 stakan bulyon, ta’bga ko‘ra
tuz va qalampir
Ko'rsatmalar
Nonni sutga botirib, ozgina siqing. Sabzi-piyozni archib, yupqa qilib
to‘g‘rang va chuqur kosaga soling. Qiyma go‘shtni ivitilgan non va tuxum
bilan aralashtiring. Ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing. Kichkina dumaloq
go‘shtli sharchalar yasang. Tomat pastasini bulyon bilan aralashtirib,
ozgina tuz qo‘shing. Sharchalarni sabzavot solingan kosaga soling, ustidan
qaylani quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng ularni
oling. Go‘shtni ag‘darib, mikroto‘lqinli pechga soling. Yana СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3
daqiqa kuting.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-27 Sabzavotlar bilan dimlangan
kurka go'shti
400-450 g 200 g of kurka filesi, ½ sabzi, ½ kichkina sukkini, ½
piyoz, 250 ml bulyon, tuz, ta’bga ko‘ra murch
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni yuvib, sukkini va sabzini doiraviy shaklda o‘rtacha o‘lchamda
to‘g‘rang. Sabzavotlarni chuqur idishga solib, ustidan to‘g‘ralgan kurka
go‘shtini qo‘ying va bulyon quying. Ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 23 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать