Samsung MG22M8074AT/BW [193/208] Yangi uzilgan sabzavotlarni tayyorlash bo yicha ko rsatmalar

Samsung MG22M8074AT/BW [193/208] Yangi uzilgan sabzavotlarni tayyorlash bo yicha ko rsatmalar
O'zbek 37
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Yangi uzilgan sabzavotlarni tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar
Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Aralashmaning har 250 grammiga boshqacha
tavsiya qilinmagan hollarda 30-45 ml (2-3 qoshiq) suv qo‘shing - jadvalga qarang. Qopqoqni yopgan holda jadvalda
ko'rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang. Keyin istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring. Tayyorlash
vaqtida bir marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta aralashtiring. Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin
tuz, ziravorlar yoki sariyog' qo'shing. 3 daqiqaga teng kutish vaqtida yopib qo'ying.
IZOH
Yangi uzilgan sabzavotlarni bir xil o'lchamdagi bo'laklarga kesing. Sabzavotlar qanchalik mayda bo'lsa, taom shunchalik tez
tayyor bo'ladi.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Brokkoli 250 g
500 g
850 Vt 4-4½
5-5½
Ko'rsatmalar
Bir xil o'lchamdagi to'pgullar tayyorlang. To'pgullarni poyallari bilan taomning markaziga
joylashtiring. 3 daqiqa kuting.
Bryussel karami 250 g 850 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
60-75 ml (4-5 qoshiq) sovuq suv qo'shing. 3 daqiqa kuting.
Sabzi 250 g 850 Vt 4-4½
Ko'rsatmalar
Sabzini bir xil o'lchamlarda to'g'rang. 3 daqiqa kuting.
Gulkaram 250 g
500 g
850 Vt 5-5½
8-8½
Ko'rsatmalar
Bir xil o'lchamdagi to'pgullar tayyorlang. Katta to'pgullarni ikkiga bo'ling. To'pgullarni
poyallari bilan taomning markaziga joylashtiring. 3 daqiqa kuting.
Qovoqchalar 250 g 850 Vt 3-3½
Ko'rsatmalar
Qovoqchani mayda qilib to'rg'ang. 30 ml (2 osh qoshiq) suv yoki bir bo'lak sariyog'
qo'shing. Yumshoq bo'lgunicha tayyorlang. 3 daqiqa kuting.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Baqlajon 250 g 850 Vt 3½-4
Ko'rsatmalar
Baqlajonni mayda qilib to‘g‘rang va 1 qoshiq limon sharbati seping. 3 daqiqa kuting.
Porey piyozi 250 g 850 Vt 4½-5
Ko'rsatmalar
Porey piyozini mayda qilib to'g'rang. 3 daqiqa kuting.
Qo'ziqorin 125 g
250 g
850 Vt 1½-2
3-3½
Ko'rsatmalar
Mayda butun va maydalangan qo'ziqorinlarni tayyorlang. Suv qo'shmang. Limon
sharbatini seping. Tuz va murch qo'shing. Dasturxonga tortishdan avval suyuqlik quying.
3 daqiqa kuting.
Piyoz 250 g 850 Vt 5½-6
Ko'rsatmalar
Piyozni to'g'rang yoki ko'ndalangiga kesing. Faqat 15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv
qo'shing. 3 daqiqa kuting.
Qalampir 250 g 850 Vt 4½-5
Ko'rsatmalar
Garmdorini mayda qilib to'g'rang. 3 daqiqa kuting.
Kartoshka 250 g
500 g
850 Vt 4-5
7½-8½
Ko'rsatmalar
Tozalangan kartoshkani torting va taxminan bir xil o'lchamlarda qilib ikkiga yoki to'rtga
bo'ling. 3 daqiqa kuting.
Bryukva 250 g 850 Vt 5-5½
Ko'rsatmalar
Bryukvani mayda qilib to'g'rang. 3 daqiqa kuting.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 37 2017-11-29  5:36:13

Содержание

Скачать