Samsung MG22M8074AT/BW [178/208] Pechdan foydalanish

Samsung MG22M8074AT/BW [178/208] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
22 O'zbek
Pechdan foydalanish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-21 Boyarcha go‘sht 200-250 g 250 g cho‘chqa lahmi, 3 ta shampinon, 2 qoshiq
mayonez, 2 toshcho‘p shoxchasi, tuz, ta’bga ko‘ra
qora murch
Ko'rsatmalar
Shampinonlarni yuvib, quriting va arching, keyin yupqa kesim qilib
to‘g‘rang. Lahmni yuvib, tuz va qalampir bilan ishqalang, keyin tarelkaga
qo‘ying. Toshcho‘p barglarini seping. Go‘sht ustidan qo‘ziqorin bo‘laklarini
qo‘ying. Qo‘ziqorin ustiga mayonez qo‘yib, qoshiq bilan surting. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing.
1-22 Lososli kulebyaka 450-500 g 230 g losos filesi, 200 g ko‘pchigan xamir, 1 ta piyoz, 2
ta tuxum, 3 ta ko‘kpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz, qalampir
Ko'rsatmalar
Boshpiyozni archib, mayda kubik shaklida to‘g‘rang. Ko‘kpiyozni
maydalang. 1 ta tuxumni qaynatib olib, maydalang. Baliqni mayda kubik
shaklida to‘g‘rang. To‘g‘ralgan piyoz, baliq va tuxumni kosada aralashtirib,
ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing. Xamirni muzdan tushirib, keng
to‘rtburchak shaklida yoying. Tayyor masalliqlarni o‘rtasiga qo‘ying.
Xamirning chekkalarini ko‘tarib, masalliqni o‘rang, keyin pishirilgan paytida
seli oqib ketmasligi uchun tugib qo‘ying. Bu katta somsani chokini pastga
qilib qo‘yib, tepasiga qolgan tuxumni surting. Tarelkaga soling. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng olib, ag‘darib qo‘ying. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-23 Krupenik 400-500 g 100 g grechixa yormasi, 100 g uy pishlog‘i, 60 g
smetana, 70 g shakar, 1 ta tuxum, 2 ta biskvit, 100
ml suv
Ko'rsatmalar
Grechixani kosaga solib, suv quying va mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqa
davomida 600 vatt quvvatda pishiring. Biskvitlarni qo‘lda maydalab
tashlang. Ushoqning yarmini pishirish qolipiga soling. Qaynatilgan
grechixa, tuxum, shakar va uy pishlog‘ini chuqur kosada aralashtiring.
Xamirni qolipga soling, ustidan qolgan ushoqni seping. Mikroto‘lqinli
pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Smetana bilan dasturxonga torting.
1-24 Tovuqdan tayyorlangan
kabob
200-250 g 250 g tovuq go‘shti, 1 qoshiq mayonez, 1 ta limon,
2 qoshiqcha kunjut, 2 chimdim yanchilgan kinza, 1
dona sarimsoq
Ko'rsatmalar
Tovuq go‘shtini bir tomoni 2 sm bo‘lgan mayda bo‘laklarga bo‘ling.
Marinadni tayyorlash: mayonez, maydalangan sarimsoq, limon sharbati va
etini chuqur kosada aralashtiring.
Go‘shtni marinadga aralashtirib, salqin joyga 1 soatga qo‘yib qo‘ying.
Go‘sht bo‘laklariga yog‘och six tiqib, ustiga kunjut urug‘i seping. Kabobli
tarelkani baland taglikka joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 22 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать