Samsung MG22M8074AT/BW [182/208] Pechdan foydalanish

Samsung MG22M8074AT/BW черная/серебристая [182/0] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
26 O'zbek
Pechdan foydalanish
3. Ichimliklar
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
3-1 Limon va yalpizli choy 1 porsiya 200 ml suv, ½ qoshiq qora choy, limon parragi, bir
nechta yalpiz bargi
Ko'rsatmalar
Qora choyni chashkaga solib, yalpiz va limon qo‘shing. Suv quying. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach, filtrdan o‘tkazing. Ta’bga ko‘ra shakar
qo‘shing.
3-2 Ilitilgan shirin vino (Glintvein) 1 porsiya 150 ml quruq qizil vino, 1 tilim apelsin, 1 tilim limon,
1 tilim olma, 10 g shakar, 1 ta dolchin shoxchasi, 5 ta
gvozdika kurtagi
Ko'rsatmalar
Apelsin, limon va olmani katta kosaga solib, ustidan dolchin, gvozdika va
shakar qo‘shing. Vinoga botirib, yaxshilab aralashtiring. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Tayyor bo‘lgach, pechdan Glintwein vinosini ehtiyotlik bilan olib, bokallarga
quying.
3-3 Dolchin va asalli choy 1 porsiya 200 ml suv, ½ qoshiq dolchin, 1 qoshiq asal
Ko'rsatmalar
Dolchinni suvga soling. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach,
o‘rtacha haroratgacha soviting. Asal soling.
3-4 Sut va kardamon qo‘shilgan
choy
1 porsiya 1 qoshiqcha qora choy, 100 ml sut, 100 ml suv, 5
g zanjabil, 4 ta kardamon, 4 ta gvozdika kurtagi, 1
qoshiqcha shakar
Ko'rsatmalar
Suvni sut bilan aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilgach, unga qora choy,
to‘g‘ralgan zanjabil, ziravorlar va shakar qo‘shing. Mikroto‘lqinli pechga
solib, yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Tayyor
bo‘lgach, chashkaga filtrdan o‘tkazing.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
3-5 Reza mevali ichimlik 1 porsiya 200 ml suv, 1 qoshiq reza meva, ta’bga ko‘ra shakar
Ko'rsatmalar
Reza mevalarni katta chashkaga solib, suv quying. Ta’bga ko‘ra shakar
qo‘shing. Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing.
3-6 Zanjabil va limonli choy 1 porsiya 200 ml suv, 1 qoshiq qora choy, 1 tilim limon, 5 g
zanjabil, ta’bga ko‘ra shakar
Ko'rsatmalar
Qora choy, limon tilimi va to‘g‘ralgan zanjabilni katta chashkaga soling. Suv
quying. Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach, dasturxonga tortishdan oldin 5
daqiqaga qo‘yib qo‘ying. Chashkaga filtrdan o‘tkazing.
3-7 Kakao 1 porsiya 200 ml sut, 2 qoshiqcha shakar, 1 qoshiqcha kakao
kukuni
Ko'rsatmalar
Katta chashkaga sut quying. Kakao bilan shakar solib, aralashtiring.
Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing.
3-8 Qaynoq shokolad 1 porsiya 100 g achchiq shokolad, 250 ml sut, 2 qoshiq suv,
ta’bga ko‘ra shakar
Ko'rsatmalar
Shokoladni sindirib, katta kosaga soling. Sut va suv qo‘shib, aralashtiring.
Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing. Tayyor bo‘lgach, dasturxonga tortishdan oldin 1 daqiqaga qo‘yib
qo‘ying. Ta’bga ko‘ra shakar qo‘shing.
3-9 Klyukvali mors 1 porsiya Muzlatilgan klyukva - 50 g, shakar - 35 g, suv - 200 ml
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni jomda aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib,
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Tayyor bo‘lgach,
dasturxonga tortishdan oldin 1 daqiqaga qo‘yib qo‘ying va filtrdan
o‘tkazing.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 26 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать