Samsung MG22M8074AT/BW Руководство по эксплуатации онлайн [181/208] 786562

Samsung MG22M8074AT/BW черная/серебристая Руководство по эксплуатации онлайн [181/0] 892700
O'zbek 25
Pechdan foydalanish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-5 Shchi karam sho'rvasi 900-1000 g 150 g oq karam, ½ sabzi, 1 ta piyoz, 3 ta kichkina
kartoshka, 1½ qoshiq tomat pastasi, 750 ml mol
go‘shtidan yoki tovuq bulyoni, 1 ta dafna bargi, ta’bga
ko‘ra tuz va murch
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni yuvib, archib, to‘g‘rang: karam, piyoz, sabzini qalamcha qilib,
kartoshkani yupqa bo‘lak qilib kesing.
Tayyorlangan sabzavotlarni chuqur idishga solib, ustidan bulyonni quying.
Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing. Signal berilganidan so‘ng chiqarib olib, sho‘rvaga tomat pastasi,
dafna bargi qo‘shing. Ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo‘shing. Mikroto‘lqinli
pechga solib, yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
2-6 Sabzavotli sho'rva 650-700 g 150 g muzlatilgan sabzavot aralashmasi, 500 ml
sabzavot yoki tovuq bulyoni, 1 dona sarimsoq, ½
o‘rtacha lavlagi, 2 ta ko‘kpiyoz, tuz, ta’bga ko‘ra murch
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni chuqur kosaga solib, maydalangan sarimsoqni qo‘shing
va ustida bulyon quying. Tuz va qalampir qo‘shib, ustidan mayda
ko‘kat seping. Qopqog‘ini yopib pishiring. Mikroto‘lqinli pechga solib,
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Sho‘rvani maxsus
suxarik bilan birga dasturxonga torting.
2-7 Koreyscha ugra 1 xaltacha Koreyscha ugra 1 xaltacha, suv (xona haroratida) –
550 ml
Ko'rsatmalar
Ugrani o‘ramdan olib, kosaga soling va suv quying (550 ml). Yaxshilab
aralashtiring. Plastik folga bilan yopib, bir nechta joyidan teshib qo‘ying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-8 Chuchvara sho'rva 300-400 g 220 g tayyor chuchvara, 1 stakan bulyon, 1 dona
sarimsoq, 1 ta dafna bargi, 2 ta ukrop shoxchasi, 2 ta
ko‘kpiyoz, butun qalampirmunchoq, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Bulyonni chuqur kosaga quying. Dafna barglari, bir nechta
qalampirmunchoq, tuz va yupqa kesilgan sarimsoqni qo‘shing.
Chuchvarani solib, qopqoq bilan yoping. Mikroto‘lqinli pechga solib,
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Ko‘katlarni
to‘g‘rang. Dasturxonga tortishdan oldin chuchvara ustiga ko‘kat seping.
2-9 Grechixa bo'tqasi 250 g 100 g grechka, 220 ml suv, bir nechta petrushka
shoxchasi, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Grechkani chuqur idishga soling. Tuz va suv qo‘shing. Qopqog‘ini yopib,
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng chiqarib olib, aralashtiring.
Mikroto‘lqinli pechga solib, yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Petrushkani to‘g‘rang. Pishganidan so‘ng ko‘katlarni solib,
sabzavot yog‘i quying va aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval 2-3
daqiqa kuting.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 25 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать