Samsung MG22M8074AT/BW [201/208] Foydali maslahatlar

Samsung MG22M8074AT/BW [201/208] Foydali maslahatlar
O'zbek 45
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Foydali maslahatlar
Sariyog'ni eritish
50 g sariyog‘ni kichkina chuqur shisha tarelkaga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Yog‘ erigunicha 850 Vt quvvatda
30-40 soniya qizdiring.
Shokoladni eritish
100 g shokoladni kichkina chuqur shisha tarelkaga soling. Shokolad erigunicha 450 Vt quvvatda 3-5 soniya qizdiring. Eritish
vaqtida bir yoki ikki marta aralashtiring. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
Qotgan asalni eritish
20 g qotgan asalni kichkina chuqur shisha idishga soling. Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
Jelatinni eritish
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling. Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli
kichkina tarelkaga joylashtiring. 300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring. Eritgandan keyin aralashtiring.
Qiyom tayyorlash (pishiriq va pechenye uchun)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 ml sovuq suv bilan aralashtiring. Issiqqa chidamli
shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaffof rangga kirgunicha 850 Vt quvvatdan foydalanib 3½
daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
Jem tayyorlash
600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli idishga soling.
Konservalash uchun 300 g shakar qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Ustini yopgan holda, 850 Vt quvvat bilan 10-12
daqiqa pishiring. Tayyorlash paytida birnecha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo‘ljallangan kichkina
bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
Puding tayyorlash
Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal qilgan holda qo'shing
va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning. Ustini yopgan holda, 850 Vt
quvvat bilan 6½ dan 7½ daqiqagacha pishiring. Tayyorlash paytida birnecha marta yaxshilab aralashtiring.
Bodom bo‘lakchalarini qizartirish
30 g bodom bo‘lakchalarini o‘rtacha o‘lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying. 600 Vt quvvatda 3½ dan 4½
daqiqagacha qizartirish paytida birnecha marta aralashtiring. Pechda 2-3 daqiqa tursin. Qalin qo'lqopdan foydalangan
holda oling!
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 45 2017-11-29  5:36:14

Содержание

Скачать