Samsung MG22M8074AT/BW [184/208] Pechdan foydalanish

Samsung MG22M8074AT/BW [184/208] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
28 O'zbek
Pechdan foydalanish
5. Sabzavot/Don
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
5-1 Ko'k loviya 250 g Ko'k loviyalarni chaying va tozalang. Ularni qopqoqli
shisha idishga tekis joylashtiring. Tayyorlayotganda
250 g uchun 30 ml (2 qoshiq) suv qo‘shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopilgan holda pishiring. Tayyorlagandan keyin
aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
5-2 Ismaloq 150 g Ismaloqni yuving va tozalang. Qopqoqli shisha idishga
joylashtiring. Suv qo'shmang. Idishni aylanuvchi
patnisning markaziga joylashtiring. Yopilgan holda
pishiring. Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2
daqiqa kuting.
5-3 So'tali makkajo'xori 250 g So'tali makkajo'xorini yuving va tozlalang hamda oval
shaklidagi shisha idishga qo'ying. Mikroto'lqinli pech
uchun mo'ljallangan plyonka bilan yoping va tirqish
oching. 1-2 daqiqa kuting.
5-4 Jigarrang guruch 125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta
shisha idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda
sovuq suv qo'shing (250 ml). Yopilgan holda pishiring.
Kutish vaqtidan avval aralashtiring va tuz hamda
ko'katlar qo'shing. 5-10 daqiqa kuting.
5-5 Elanmagan undan
qilingan makaron
125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta
shisha idishdan foydalaning. 500 ml qaynoq suv,
bir chimdim tuz qo'shing va yaxshilab aralashtiring.
Qopqog'ini yopmasdan tayyorlang. Kutib turish
vaqtidan avval aralashtiring va dasturxonga tortishdan
avval suvini qoldirmasdan to'kib tashlang. 1 daqiqa
kuting.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
5-6 Olabuta 125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta
shisha idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda
sovuq suv qo'shing (250 ml). Yopilgan holda pishiring.
Kutish vaqtidan avval aralashtiring va tuz hamda
ko'katlar qo'shing. 1-3 daqiqa kuting.
5-7 Bulgur 125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta
shisha idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda
sovuq suv qo'shing (250 ml). Yopilgan holda pishiring.
Kutish vaqtidan avval aralashtiring va tuz hamda
ko'katlar qo'shing. 2-5 daqiqa kuting.
5-8 Sabzavotli gratin 500 g Pishirib olingan kartoshka bo'laklari, qovoqcha
bo'lakchakari va pomidor kabi sabzavotlar va sousni
mos o'lchamdagi issiqqa chidamli shisha idishga
joylashtiring. Tepasiga maydalangan pishloqni
joylashtiring. Idishni panjaraga qo'ying. 2-3 daqiqa
kuting.
5-9 Tomat-gril 400 g Pomidorni yuving va tozalang, ularni teng ikkiga
bo'ling va mikroto'lqin uchun mo'ljallangan idishga
joylashtiring. Tepasiga maydalangan pishloqni
joylashtiring. Idishni panjaraga qo'ying. 1-2 daqiqa
kuting.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 28 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать