Samsung MG22M8074AT/BW [176/208] Pechdan foydalanish

Samsung MG22M8074AT/BW [176/208] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
20 O'zbek
Pechdan foydalanish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-11 Xantal sousi qo'shilgan
cho'chqa bo'yni
500-600 g 250 g cho‘chqa lahmi, 1 ta sabzi, 1 ta piyoz, 1 qoshiq
un, 2 qoshiq donador xantal, 100 g quyuq smetana,
150 ml aralashtirilgan bulyon, tuz, ta’bga qarab
murch
Ko'rsatmalar
Lahmni yuvib, quriting va mayda kesing, gulyash qilishga moslangan
o‘lchamda. Piyoz va sabzini archib, yo‘g‘on qalamcha qilib kesing va go‘sht
bilan kosaga soling. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng
ularni oling. Go‘shtga qaylani quyib, aralashtiring. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing. Qaylani tayyorlash: smetanani xantal, un va bulyon bilan alohida
aralashtiring, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing.
1-12 Sabzavotlar bilan pishirilgan
forel
300-400 g 1 ta kichkina gulmohi filesi, ½ sabzi (qaynatib
olingan), 2 ta rayhon shoxchasi, 1 ta piyozcha, 1 ta
pomidorcha, ½ limon, 1 qoshiq sabzavot yog‘i, tuz,
ta’bga ko‘ra murch
Ko'rsatmalar
Sabzi va piyozni yupqa to‘g‘rang, pomidorni halqa-halqa qilib to‘g‘rang.
Rayhon barglarini ajrating. Gulmohi filesini tarelkaga yoyib, tuz va murch
qo‘shing. Tayyorlangan sabzavotlarni ustidan yoyib chiqing (avval sabzini,
keyin qolgan masalliqlarni qatlam-qatlam qilib.) Baliqni yog‘ga botirib olib,
ustidan qirilgan limon etini seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-13 Qotirilgan tuxum qo'shilgan
go'shtli rulet
600-650 g 500 g mol go‘shti qiymasi, 3 qaynatilgan tuxum,
2 chimdim yanchilgan qalampir, 1 chimdim oq
murch, 2 chimdim yanchilgan kinza, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Qiyma go‘shtni chuqur kosaga solib, ziravorlar va tuz qo‘shib, yaxshilab
aralashtiring. Qiyma go‘shtni yaxshilab ezg‘ilang. Shunda qiyma elastikroq
bo‘ladi. Qiyma go‘shtdan diametri 15 sm bo‘lgan bir xil yupqa kotletlar
yasang. Har bir kotlet ustiga bittadan qaynatilgan tuxum qo‘ying. Chekkasi
o‘tkir bo‘lgan dumaloqlar yasang va ustiga qalampir seping. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-14 Tez pishiriladigan do'lma 450-500 g 200 g aralash qiyma go‘sht, 140 g karam, 1 ta piyoz,
50 g qaynatilgan guruch, 1 stakan bulyon, 1 stakan
suv, 60 g smetana, 2 qoshiq tomat pastasi, 1 qoshiq
un, tuz, ta’bga ko‘ra murch, ko‘katlar
Ko'rsatmalar
Karam va archilgan piyozni mayda kubik qilib to‘g‘rang. Qiyma go‘shtga
to‘g‘ralgan sabzavotlar va guruchni qo‘shib, tuz va murch qo‘shib,
aralashtiring. Qiymadan mayda cho‘zinchoq dumaloqlar yasab, qolipga
soling, ustidan bulyon quying. Baland taglikka solib, mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Signal berilganida chiqarib olib, karam do‘lmalarni smetanali qaylaga
botiring. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga
ko‘kat seping.
Qaylani tayyorlash: Alohida kosada smetanani suv va tomat pastasi bilan
aralashtiring, unni qo‘shib, ta’bga ko‘ra tuz va murch seping.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 20 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать