Samsung MG22M8074AT/BW [196/208] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma

Samsung MG22M8074AT/BW [196/208] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
40 O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Masalliqli sousli makaron
mahsulotlari (sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6
Ko'rsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, chuchvara) chuqur sopol idishga soling.
Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va
kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Tayyor taom (sovutilgan) 350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
2-3 ta sovutilgan masalliqlardan qilingan taomni sopol idishga soling. Mikroto'lqinli pech
uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping. 3 daqiqa kuting.
Chaqaloq ovqati va sutini isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Bolalar taomi (sabzavotlar
+ go'sht)
190 g 600 Vt 30 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring. Tayyorlash vaqtidan
keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring va haroratini puxta
tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Go‘dak bo‘tqasi (Yorma +
sut + meva)
190 g 600 Vt 20 son.
Ko'rsatmalar
Taomni chuqur sopol tarelkaga soling. Yopilgan holda pishiring. Tayyorlash vaqtidan
keyin aralashtiring. Bolaga berishdan avval yaxshilab aralashtiring va haroratini puxta
tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
Bolalar suti 100 ml
200 ml
300 Vt 30-40 son.
50 son. 1 daq.
Ko'rsatmalar
Yaxshilab silkiting yoki aralashtiring va sterillangan shisha butilkaga quying. Butilkani
aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. Qopqog'ini yopmasdan tayyorlang. Yaxshilab
chayqating va kamida 3 daqiqa kuting. Bolaga berishdan avval butilkani yaxshilab
silkiting va haroratini puxta tekshiring. 2-3 daqiqa kuting.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 40 2017-11-29  5:36:14

Содержание

Скачать