Samsung MG22M8074AT/BW Руководство по эксплуатации онлайн [177/208] 786562

Samsung MG22M8074AT/BW Руководство по эксплуатации онлайн [177/208] 786562
O'zbek 21
Pechdan foydalanish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-15 Kotlet 2 dona 250 g qiyma go‘sht, 100 ml sut, 2 kesim quruq oq
non, 40 g yirik suxari, ta’bga ko‘ra tuz, qora murch
Ko'rsatmalar
Quruq nonni chuqur kosaga solib, sutga botiring, 5-6 daqiqaga ivitib
qo‘ying. Keyin nondan ortiqcha suyuqlikni silqitib oling. Qiyma go‘shtni
ivitilgan nonga aralashtirib, masalliq hosil qiling. Qiyma go‘shtga ta’bga
qarab murcha va tuz qo‘shing. Qiymain yaxshilab aralashtiring va 2
daqiqacha ezg‘ilang. Ikkita bir xil cho‘zinchoq kotlet yasang, har birini
suxariga bulab, qo‘l bilan suxarini go‘shtga bosing. Kotletli tarelkani
baland taglikka joylashtiring. Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3
daqiqa kuting.
1-16 Pishirilgan kartoshka 2 dona Yirik kartoshka (160-200 g) 1-2 dona
Ko'rsatmalar
Archilgan kartoshkalarni sayoz tarelkaga solib, suv qo‘shmasdan, plastik
oziq-ovqat folgasi bilan o‘rang. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga
tortishdan oldin sariyog‘, smetana, pishloq yoki boshqa ziravorlar qo‘shing.
1-17 Ratatuy 300-350 g 2 ta mayda sabzi, ½ sukkini, 1 ta bulg‘or qalampiri,
1 o‘rtacha piyoz, 1 dona sarimsoq, 2 qoshiq tomat
pyuresi, 150 ml sabzavot bulyoni, 2 chimdim
quritilgan jambil, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Sabzavotlarni yuvib, arching, keyin tomoni 1 sm.lik mayda kubik shaklida
to‘g‘rang. Bulyonni tomat pyuresi bilan aralashtirib, tuz va qirg‘ichdan
chiqarilgan sarimsoqni qo‘shing. Barcha masalliqlarni aralashtiring.
Sabzavotlarni keramik yoki shisha idishga soling. Ustidan tomat
qaylasini quyib, qopqog‘ini yoping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Pishganidan so‘ng
tayyor Ratatuyga quruq jambil seping.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
1-18 Ruscha eski usuldagi baliq 500-600 g 200 g sudak yoki treska, ½ qandlavlagi, 1 ta piyoz,
½ sabzi, 100 g smetana, 1 qoshiq tomat pastasi, 1
qoshiq un, 180 ml suv, ta’bga ko‘ra tuz, murch
Ko'rsatmalar
Piyoz, sabzi va qandlavlagini yuvib, arching, keyin o‘rtacha o‘lchamdagi
qalamcha qilib to‘g‘rab, aralashtiring. Tayyor sabzavotlarni kosaga solib,
suv qo‘shing, tuz va murch seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan
so‘ng ularni oling. Baliqni qiltanog‘idan tozalab, mayda bo‘laklarga kesing.
Sabzavot aralashmasi solingan kosaga qayla qo‘shib, ustidan baliqni
qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Qaylani tayyorlash: Alohida kosada smetana, tomat pastasi va unni
aralashtirib, ozgina tuz va murch qo‘shing.
1-19 Muzlatilgan pitsa 350 g Muzlatilgan pitsa– 350 g
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan pitsani pergamentli qog‘ozga o‘rab, sayoz taglikka qo‘ying.
Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
1-20 Losos kabobi 300-350 g 300 g losos filesi, ½ limon, 2 qoshiq maydalangan
petrushka, 1 qoshiq tozalangan zaytun moyi, ta’bga
ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Baliqni yirik kubik shaklida kesib, chuqur kosaga soling. Petrushka va
limon sharbati qo‘shing. Ta’bga ko‘ra tuz qo‘shib, aralashtiring va 20
daqiqa davomida marinadlang. Bir nechta baliq bo‘lagiga yog‘och six
tiqib, zaytun moyi surting. Kaboblarni keng tarelkaga soling. Idishni yuqori
taglikka qo'ying. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Limon qo‘shing.
MG22M8074AT_BW_DE68-04445L-01_UZ.indd 21 2017-11-29  5:36:11

Содержание

Скачать