Samsung DW50R4050FW/WT [172/224] Ehtiyot choralari

Samsung DW50R4050FW/WT [172/224] Ehtiyot choralari
O'zbek4
Ehtiyot choralari
Ehtiyot choralari
Yangi Samsung idish yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Bu qo‘llanmada
jihozni o‘rnatish, undan foydalanish va tegishli tarzda saqlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar
beriladi. Idish yuvish mashinasining ko‘pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan to‘liq darajada
foydalanish uchun ushbu qo‘llanmani o‘qib chiqing.
Texnik xavfsizlik bo'yicha muhim ma'lumotlar
Yangi jihozning kengaytirilgan xususiyatlari va funksiyalaridan xavfsiz va samarali foydalanishni
bilib olish uchun ushbu qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va kelgusida foydalanish uchun
uni ishonchli joyda saqlab qoying. Bu jihozdan faqat ushbu qo‘llanmada bayon qilingan
maqsadlardagina foydalaning.
Bu qo‘llanmadagi "Ogohlantirish" va "Muhim" belgisi bilan ko'rsatilgan xavfsizlik ko‘rsatmalari
yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan hamma shartlar va vaziyatlarni ham qamrab olmaydi. Jihozni
o‘rnatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanishda foydalanuvchi sog‘lom kr bilan ish
ko‘rishi, etiborli va ehtiyotkor bo‘lishi kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar turli modellarga taalluqli bo‘lganligi
uchun jihoz xususiyatlari qo‘llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha
ogohlantiruvchi belgilar ham sizning jihozingizga tegishli bo‘lmasligi mumkin. Agar sizda
qandaydir savollar yoki muammolar bo‘lsa, eng yaqin joylashgan xizmat ko‘rsatish markaziga
murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma’lumot oling.
Muhim ogohlantirish belgilari
Ushbu foydalanuvchi qo‘llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi ma’nolarni
bildiradi:
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat, o‘lim va/yoki mulkka ziyon yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatar va
ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va
ehtiyotsizliklar.
ESLATMA
Jarohat olish yoki moddiy zarar yetishi xatarini ko‘rsatadi.
Bu ogohlantirish belgilari sizga va boshqalarga jarohat yetmasligi uchun qo‘yilgan. Ularga rioya
qiling.
Bu yo‘riqnomani ishonchli joyda saqlang va yangi foydalanuvchilar buning mazmuni bilan
tanishishini ta’minglang. Egasi o‘zgarganida, yo‘riqnomani ham bering.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 4 2020-11-05  12:18:13

Содержание

Похожие устройства

Скачать