Samsung DW50R4050FW/WT [198/224] Ishga tayyorlash

Samsung DW50R4050FW/WT [198/224] Ishga tayyorlash
O'zbek30
Ishga tayyorlash
Ishga tayyorlash
Tuz bo'lmasi
DIQQAT
Faqat idish yuvish mashinasiga mos keladigan tuz ishlating. Boshqa turdagi tuz yoki eritgichlar
ishlatmang. Buning oqibatida tuz bo'lmasiga va suvni yumshatish tizimiga ziyon yetishi
mumkin.
Ortiqcha tuz yoki tuzli suv tufayli korroziyaning oldini olish uchun doim yuvish sikli
boshlanishidan sal oldin tuz soling.
Tuz idishini to‘ldirish
1. Eshikni oching.
2. Qopqoqni soatga teskari yo‘nalishda burab
oching.
3. Tuz idishini suv bilan to‘ldiring (faqat
idish yuvish mashinasini birinchi marta
ishlatayotganda kerak).
4. Idish yuvish tuzini soling.
DIQQAT
Maksimal sig‘imi 1 kg atroda. Sig‘imidan
oshirib yubormang.
Oshirib yuborilsa, mashinaning ishlashiga
ta’sir qilishi mumkin.
5. Qopqoqni soat yo‘nalishida burab yoping.
ESLATMA
Mashinadagi tuz yoki tuzli suvni tozalash
uchun Tez siklini ishlating.
Tuz donalar hajmiga qarab, tuz erishiga va
indikator (
) o‘chishiga biroz vaqt ketishi
mumkin.
Tuz indikatori
Keyingi bir nechta sikl davomida tuz yetarli bo‘lmasa, indikator ( ) yonadi.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 30 2020-11-05  12:18:18

Содержание

Похожие устройства

Скачать