Samsung DW50R4050FW/WT [188/224] Idish yuvish mashinasida yuvish mumkin bo lmagan narsalar

Samsung DW50R4050FW/WT [188/224] Idish yuvish mashinasida yuvish mumkin bo lmagan narsalar
O'zbek20
Ishga tayyorlash
Ishga tayyorlash
DIQQAT
Kul, qum, mum, smazka yoki bo‘yoq tekkan narsalarni yuvmang. Bular mashinaga ziyon
yetkazishi mumkin. Kul erimaydi va mashina ichiga sochilib ketadi.
Idishlardagi ovqat qoldiqlari, masalan, suyaklar, meva danaklari va hokazo chiqindilar, tish
kavlagichlar, salfetkalar va boshqalarni olib tashlang. Ovqat qoldiqlari va chiqindilar shovqin
chiqarishi, mashina noto‘g‘ri ishlashi, idishlar va mashinaga shikast yetishi mumkin.
Idish yuvish mashinasida yuvish mumkin bo'lmagan narsalar
OGOHLANTIRISH
Faqat idish yuvish mashinasiga mos keladigan shisha, chinni va anjomlarni yuving. Alyumin
buyumlarni yuvmang (masalan, yog‘ ltrlari). Idish yuvish mashinasi alyuminga shikast yetkazishi
va kamdan-kam hollarda jiddiy kimyoviy reaksiya boshlanib ketishi mumkin.
Idish yuvish mashinasida quyidagi buyumlarni yuvmang.
Mis, jez, tunuka, l suyagi va alyumin buyumlar yoki yelimli buyumlar
Issiqlikka chidamisiz plastik
Hunarmandchilik buyumlari, qimmatbaho vazalar va dekorativ shisha buyumlari
Kulolchilik yoki sirlangan keramik buyumlar
Yog‘och anjomlar va idishlar yoki yog‘och qismli buyumlar
Nozik shisha idishlar yoki billur buyumlar. Shisha idishlar ko‘p yuvilsa, xiralashishi mumkin.
ESLATMA
Oltingugurtli taomga tekkan kumush idishlarning rangi o‘chishi mumkin. Oltingugurtli taomlarga
tuxum sarig‘i, piyoz, mayonez, xantal, baliq, baliq tuzlangan suv va marinadlangan taomlar kiradi.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 20 2020-11-05  12:18:15

Содержание

Похожие устройства

Скачать