Samsung DW50R4050FW/WT [199/224] Eshikni avtomatik ochish funksiyasi sozlamasi faqat tegishli modellarda

Samsung DW50R4050FW/WT [199/224] Eshikni avtomatik ochish funksiyasi sozlamasi faqat tegishli modellarda
O'zbek 31
Ishga tayyorlash
Sozlama rejimi
Tovushni, eshikni avtomatik ochish funksiyasini, chayish vositasi miqdorini va suv qattiqligi
sozlamalarini sozlashingiz mumkin.
Sozlama rejimiga kirish
1. Mashinani yoqing.
2. Mashinani yoqqandan soʻng 60 soniya ichida Sikl tugmasini besh soniya bosib turing.
- Sozlama rejimiga kirganingizda displeyda “0:00” chiqadi.
Tovush sozlamasi
Tovushni yoqish yoki o‘chirish mumkin.
1. Tovushni sozlash menyusini tanlash uchun Yarim yuklash tugmasini bosing.
- Displeyda joriy sozlama ko‘rsatiladi. (Odatiy sozlama: “U1”)
2. Sozlamani o‘zgartirish uchun Sikl tugmasini bosing.
- U0: Tovush o‘chiq
- U1: Tovush yoniq
3. Sozlamani saqlash uchun 5 soniya kutib turing.
Eshikni avtomatik ochish funksiyasi sozlamasi (faqat tegishli modellarda)
Yaxshiroq quritishi uchun har bir sikldan keyin mashina avtomatik ravishda eshigini ochishini
belgilash mumkin.
1. Eshikni avtomatik ochish funksiyasini sozlash menyusini tanlash uchun Dezinfeksiya tugmasini
bosing.
- Displeyda joriy sozlama ko‘rsatiladi. (Odatiy sozlama: “A1”)
2. Sozlamani o‘zgartirish uchun Sikl tugmasini bosing.
- A0: Funksiya o‘chiq
- A1: Funksiya yoniq
3. Sozlamani saqlash uchun 5 soniya kutib turing.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 31 2020-11-05  12:18:18

Содержание

Похожие устройства

Скачать