Samsung DW50R4050FW/WT [205/224] Tuz sarfini sozlash

Samsung DW50R4050FW/WT [205/224] Tuz sarfini sozlash
O'zbek 37
Foydalanish
Tuz bo'lmasi
Suvni yumshatkich suvdan minerallar va tuzlarni olib tashlashga mo‘ljallangan, chunki ular
mashinaning ishlashiga xalaqit berib, shikast yetkazishi mumkin. Bu mineral va tuzlar suvda
qanchalik ko‘p bo‘lsa, suv shunchalik qattiq bo‘ladi. Yumshatkichni sizning hududingizdagi suvning
qattiqligiga qarab sozlash lozim.
Hududingizdagi suvning qattiqligi haqida mahalliy suv boshqarmasidan bilib olishingiz mumkin.
Tuz sarni sozlash
Bu mashina ishlatiladigan suvning qattiqligiga qarab sarf etiladigan tuz miqdorini rostlash
imkonini beradi. Bu tuz sar darajasini optimallashtirish va moslash uchun bajariladi, buni
quyidagicha bajarish mumkin:
1. Mashinani yoqing.
2. Mashinani yoqqandan soʻng 60 soniya ichida Sikl tugmasini besh soniya bosib turing.
- Sozlama rejimiga kirganingizda displeyda “0:00” chiqadi.
3. Suvning qattiqligi darajasi sozlamasi menyusini tanlash uchun Kechiktirib boshlash tugmasini
bosing.
- Displeyda joriy sozlama ko‘rsatiladi. (Odatiy sozlama: “H3”)
4. Sozlamani o‘zgartirish uchun Sikl tugmasini bosing.
- H1 – H6 orasidan tanlash mumkin (yumshoq – qattiq).
5. Sozlamani saqlash uchun 5 soniya kutib turing.
ESLATMA
Quyidagi sxemaga (yoki qo‘llanmaga) asoslanib rostlash tavsiya etiladi:
Zavodda qo‘yilgan sozlamasi: H4 (EN50242)
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 37 2020-11-05  12:18:19

Содержание

Похожие устройства

Скачать