Samsung DW50R4050FW/WT [178/224] Idish yuvish mashinasini o rnatish bo yicha ko rsatmalar

Samsung DW50R4050FW/WT [178/224] Idish yuvish mashinasini o rnatish bo yicha ko rsatmalar
O'zbek10
Ehtiyot choralari
Ehtiyot choralari
Idish yuvish mashinasini o‘rnatish bo'yicha ko'rsatmalar
Jihozni o‘rnatishdan oldin shikast yetmaganini ko‘zdan kechiring. Shikastlangan jihozni aslo
ishlatmang. Shikastlangan jihoz xavi bo‘lishi mumkin.
Idish yuvish mashinasi faqat o‘chirgichli mos rozetkaga suqish orqali elektr ta’minotiga ulanishi
kerak. Mashina o‘rnatilganidan keyin rozetka qulay joyda bo‘lishi, istalgan vaqtda elektr
ta’minotidan uzish mumkin bo‘lishi kerak. (18-betdagi Idish yuvish mashinasining tashqi ko‘rinishi
bo‘limiga qarang.)
Mashina orqasida rozetka bo‘lmasligi kerak. Mashina vilkani siqib qo‘yib, qizib ketish va yong‘in
xav yuzaga kelishi mumkin.
Idish yuvish mashinasi plita tagiga o‘rnatilmasligi kerak. Plitadan chiqqan yuqori harorat idish
yuvish mashinasiga ziyon yetkazishi mumkin. Xuddi shu sababli uni ochiq alanga yaqiniga yoki
isitkich kabi issiqlik chiqaradigan boshqa jihozlar yaqiniga o‘rnatmaslik kerak.
Idish yuvish mashinasi to‘liq o‘rnatilib, eshik prujinalari sozlanmagunicha elektr tarmog‘iga
ulamang.
Jihozni ulashdan oldin ma’lumotlar taxtachasidagi ulash sxemasi (kuchlanish va ulangan
yuklanish) elektr ta’minotiga mos kelishini tekshiring. Shubha bo‘lsa, malakali elektrik bilan
maslahatlashing.
Bu jihoz bilan samarali yerga ulash tizimi orasida uzluksiz aloqa o‘rnatilganidan keyingina
uning elektr xavfsizligiga kafolat berish mumkin. Asosiy xavfsizlik talablariga rioya qilinishi
va muntazam tekshirib borilishi hamda uydagi elektr tizimida nosozlik yuzaga kelsa, malakali
elektrik tomonidan tekshirilishi lozim.
Yerga ulash tizimining nosozligi oqibatlariga (masalan, tok urishi) ishlab chiqaruvchi javobgar
bo‘lmaydi.
Jihozni elektr ta’minotiga troynik yoki uzaytirgich orqali ulamang. Bu jihozning xavfsizligiga
kafolat bermaydi (masalan, qizib ketish xav).
Bu jihozni kema kabi ko‘chma inshootga o‘rnatish uchun o‘rnatishdan kelib chiqadigan xatarlar
malakali muhandis tomonidan baholanishi zarur.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 10 2020-11-05  12:18:13

Содержание

Похожие устройства

Скачать