Samsung DW50R4050FW/WT [182/224] O rnatish bo yicha talablar

Samsung DW50R4050FW/WT [182/224] O rnatish bo yicha talablar
O'zbek14
O‘rnatish
O‘rnatish
O‘rnatish bo‘yicha talablar
Yong‘in, tok urishi yoki jarohatning oldini olish
uchun, simlarni ulash va yer bilan tutashtirish
ishlarini malakali texnik bajarishi kerak.
Elektr ta’minoti
Idish yuvish mashinasi uchun alohida 220-
240 V, 50 Gs tok taqsimlagich.
Maksimal ruxsat berilgan toki 16 A bo‘lgan
rozetka (mashina uchun maksimal tok 11 A)
OGOHLANTIRISH
Uzaytirgichdan foydalanmang.
Faqat idish yuvish mashinasi bilan berilgan
vilkani ishlating.
O‘rnatish tugallangach, vilka bukilmagan
yoki shikastlanmaganiga amin bo‘ling.
Yerga ulash
Doimiy yerga ulash uchun mashinani yerga
ulangan metall yoki doimiy sim tizimiga
ulash kerak. Yerga ulash simi zanjirdagi
o‘tkazgichlardan o‘tib, keyin mashinadagi
yerga ulash qisqichi yoki simiga ulanishi kerak.
OGOHLANTIRISH
Yerga ulash simini hech qachon plastik
vodoprovod liniyalari, gaz ta’minlash
liniyalari yoki issiq suv quvuriga ulamang.
Noto‘g‘ri ulangan yerga ulash o‘tkazgichlari
elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Mashinaning vilkasini o‘zgartirmang.
Agar vilka rozetkaga mos kelmasa,
tegishli rozetkani o‘rnatish uchun malakali
elektrikka murojaat qiling.
Suv quyish
Suv ta’minoti quvuri 0,04-1,0 MPa orasidagi
bosim bilan ishlay olishi kerak.
Suv harorati 60 °C dan past bo‘lishi kerak.
Jo‘mrakka 3/4” tashqi rezbali kran
o‘rnatilishi kerak.
Sizib chiqish xavni kamaytirish uchun:
Suv kranlaridan osongina foydalanish
mumkinligiga ishonch hosil qiling.
Idish yuvish mashinasi ishlatilmayotganida
kranni yoping.
Suv shlangi tinglaridan sizib
chiqmayotganini muntazam ravishda
tekshirib turing.
Sizib chiqishni to‘xtatish uchun suv
quvuri ulangan joylarini teon tasma yoki
germetik bilan izolyatsiya qiling.
Aqua Stop
Aqua Stop bu suv sizib chiqishining oldini
oladigan elektron komponentdir. Aqua Stop
suv shlangiga biriktiriladi va shlangga shikast
yetsa, avtomatik ravishda suvni yopadi.
DIQQAT
Aqua Stopni ehtiyotkorlik bilan ishlating.
Aqua Stop bilan ulangan suv shlangini
buramang yoki qayirmang. Agar Aqua Stop
shikastlansa, darhol kranni yopib, vilkani
sug‘uring. Keyin mahalliy Samsung xizmat
ko‘rsatish markazi yoki malakali texnikka
murojaat qiling.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 14 2020-11-05  12:18:14

Содержание

Похожие устройства

Скачать