Samsung DW50R4050FW/WT [215/224] Axborot kodlari

Samsung DW50R4050FW/WT [215/224] Axborot kodlari
O'zbek 47
Nosozliklarni topish va bartaraf etish
Axborot kodlari
Agar mashina ishlamasa, displeyda axborot kodi ko‘rsatilishi mumkin. Quyidagi jadvalga qarab,
tavsiyalarni bajarib ko‘ring.
Kod Amal
LC
Sizib chiqishni tekshirish
Suv kranini yoping. Uydagi avtomatik uzgich qutisini ochib, idish yuvish
mashinasining avtomatik uzgichini o‘chiring. Keyin tuzatish uchun o‘rnatgan
shaxsni chaqiring. Muammo hal bo‘lmasa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
4C
Suv ta’minotini tekshirish
Suv keladigan klapan yopiqligi, suv yopilgani, suv keladigan klapan yoki
quvur muzlagani yoki yot jism tiqilib qolganini tekshirib ko‘ring. Muammo hal
bo‘lmasa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
AC
PCB aloqani tekshirish
Asosiy PCB va sub PCB orasida noodatiy aloqa yuz bermoqda.
Muammo hal bo‘lmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
HC
Yuqori haroratli qizishni tekshirish
Ishlashini tekshirish. Idish yuvish mashinasini bo‘shatib, yuvish vositasi
qo‘shing va siklni ishga tushiring. Agar muammo hal bo‘lmasa, uydagi
avtomatik uzgich qutisini ochib, idish yuvish mashinasining avtomatik
uzgichini o‘chiring. Keyin Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat
qiling.
tC
Termorezistorni tekshirish
Harorat datchigi buzilgan (qisqa tutashuv yoki zanjir ochiq). Muammo hal
bo‘lmasa, Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
PC
Taqsimlash motorini tekshirish
Taqsimlash motorini yig‘ish bilan bog‘liq noodatiy ishlash yoki asosiy PCB.
Agar muammo bartaraf bo‘lmasa, mahalliy Samsung servis markaziga murojaat
qiling.
Agar axborot kodi ekranda namoyish qilinishda davom etsa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 47 2020-11-05  12:18:20

Содержание

Похожие устройства

Скачать