Samsung DW50R4050FW/WT Руководство по эксплуатации онлайн [179/224] 792736

Samsung DW50R4050FW/WT Руководство по эксплуатации онлайн [179/224] 792736
O'zbek 11
Ehtiyot choralari
Suv ulanmasining plastik korpusida elektr komponent mavjud. Korpusni suvga botirmaslik kerak.
Aqua-Stop shlangida elektr simlar joylashgan. Suv quyish shlangi uzun bo‘lgan taqdirda ham aslo
qirqmang.
O‘rnatish, prolaktika va ta’mirlash ishlari faqat tegishli malakali va bilimli mutaxassis tomonidan,
amaldagi milliy va mahalliy xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi lozim. Malakasiz
shaxslar tomonidan tuzatish va boshqa ishlarni bajarish xavi bo‘lishi mumkin. Ruxsatsiz
bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi.
Quyidagi shartlar bajarilsa, suv o‘tkazmaydigan ichki tizim suv yetkazadigan zarardan
himoyalaydi:
Mashina to‘g‘ri o‘rnatilgan va ulangan.
Mashina tegishlicha prolaktika qilinadi va zarur hollarda qismlari almashtiriladi.
Jihoz uzoq vaqt ishlatilmaydigan bo‘lsa, jo‘mrak yopib qo‘yiladi (masalan, bayram kunlari).
Jihoz o‘chiq paytida ham suvdan himoyalash tizimi ishlaydi. Ammo jihoz elektr ta’minotiga
ulangan holda qolishi kerak.
Shikastlangan jihoz xavi bo‘lishi mumkin. Agar mashinaga shikast yetsa, tokdan sug‘uring va
dilerga yoki xizmat ko‘rsatish markaziga sim qoqing.
Ruxsatsiz ta’mirlash tufayli foydalanuvchiga kutilmagan xavf tug‘ilishi mumkin, buning uchun
ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi. Ta’mirlash ishlari faqat vakolatli mutaxassis tomonidan
bajarilishi lozim.
Ishdan chiqqan detallarni faqat original ehtiyot qismlarga almashtirish kerak. Bu qismlar joyiga
tushgandan keyingina, jihozning xavfsizligiga kafolat berilishi mumkin.
Prolaktikadan oldin doim mashinani tokdan uzing (rozetkani o‘chiring va vilkani sug‘urib oling).
Agar ulash kabeli shikastlangan bo‘lsa, uni maxsus kabel bilan almashtirish kerak, buni ishlab
chiqaruvchidan olish mumkin. Xavfsizlik maqsadida, bu faqat xizmat ko‘rsatish markazi yoki
vakolatli texnik tomonidan ulanishi lozim.
Suvarak yoki boshqa zararkunandalar bosishi ehtimoli bor hududlarda jihoz va uning atroni
doim toza holda tuting. Suvarak yoki boshqa zararkunandalar yetkazadigan zarar kafolat bilan
qoplanmaydi.
DW4000RM(A5)_IB_DD81-03019C-00_UZ.indd 11 2020-11-05  12:18:13

Содержание

Похожие устройства

Скачать