Samsung DW60M6050FS [170/224] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung DW60M6050FS [170/224] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
2_ Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Yangi Samsung idish yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Bu
qo‘llanmada jihozni o‘rnatish, undan foydalanish va tegishli tarzda saqlash bo‘yicha muhim
ma’lumotlar beriladi. Idish yuvish mashinasining ko‘pgina afzalliklari va imkoniyatlaridan
to‘liq darajada foydalanish uchun ushbu qo‘llanmani o‘qib chiqing.
XAVFSIZLIK YO‘RIQNOMALARI HAQIDA BILISH LOZIM
Yangi jihozning kengaytirilgan xususiyatlari va funksiyalaridan xavfsiz va samarali foydalanishni bilib olish uchun ushbu
qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqing va kelgusida foydalanish uchun uni ishonchli joyga saqlab qo‘ying. Bu jihozdan
faqat ushbu qo‘llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.
Bu qo‘llanmadagi ogohlantirishlar va muhim xavfsizlik ko‘rsatmalari yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan hamma shartlar
va vaziyatlarni ham qamrab olmaydi. Jihozni o‘rnatish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanishda foydalanuvchi
sog‘lom fikr bilan ish ko‘rishi, e’tiborli va ehtiyotkor bo‘lishi kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar turli modellarga taalluqli bo‘lganligi uchun jihoz xususiyatlari
qo‘llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham sizning jihozingizga
tegishli bo‘lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo‘lsa, eng yaqin joylashgan xizmat
ko‘rsatish markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma’lumot oling.
MUHIM XAVFSIZLIK BELGILARI VA EHTIYOT CHORALARI
Muhim xavfsizlik belgilari
OGOHLANTIRISH
Jiddiy jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va
ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Jarohat olish va/yoki mulkka shikast yetishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va
ehtiyotsizliklar.
DIQQAT
Idish yuvish mashinasidan foydalanayotganda yong‘in chiqishi, portlash, tok urishi yoki jarohat
olish xavfini kamaytirish uchun quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling.
Bunday QILMANG.
Qismlarga AJRATMANG.
TEGMANG.
Ko‘rsatmalarga qat’iy amal qiling.
Vilkani rozetkadan chiqaring.
Tok urmasligi uchun mashina yerga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Yordam uchun xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Qayd
Bu ogohlantirish belgilari sizga va boshqalarga jarohat yetmasligi uchun qo‘yilgan.
Ularga rioya qiling.
Bu yo‘riqnomani ishonchli joyda saqlang va yangi foydalanuvchilar buning mazmuni bilan tanishishini
ta’minglang. Egasi o‘zgarganida, yo‘riqnomani ham bering.
Yong‘in chiqishi, tok urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun jihozdan foydalanganda quyidagi asosiy
ehtiyot choralariga amal qiling:
OGOHLANTIRISH
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 2 11/10/2020 11:21:51 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать