Samsung DW60M6050FS [188/224] Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish

Samsung DW60M6050FS [188/224] Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish
20_ Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish
YUMSHATKICHGA TUZ SOLISH
Idish yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan tuzdan foydalaning.
Tuz idishi pastki tokchaning tagida joylashgan, unga tuz quyidagicha solinadi:
DIQQAT
Faqat idish yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan tuzdan foydalaning. Idish yuvish mashinasi uchun
mo‘ljallanmagan boshqa tuzlar, ayniqsa osh tuzi suvni yumshatkichga zarar yetkazadi. Mos kelmaydigan tuzni
ishlatish oqibatida zarar yetkazilsa, ishlab chiqaruvchi hech qanday kafolat bermaydi va bunday zarar uchun
javobgar bo‘lmaydi.
Faqatgina to‘liq yuvish dasturlaridan birini boshlash oldidan tuz soling. Shunda tuz bo‘laklari yoki tuzli suv
yoyilib, mashina tagida qolib ketishining oldi olinadi, aks holda bu yemirilishga olib kelishi mumkin.
Yuvishning birinchi siklidan so‘ng boshqaruv panelining chirog‘i o‘chadi.
1. Pastki savatni olib tashlab, tuz idishining qopqog‘ini burab oching.
Ochish
2. Idishga birincha marta tuz solayotgan bo‘lsangiz, 2/3 qismini suv bilan to‘ldiring (1 litr atrofida).
3. Voronka (komplektda bor) uchini teshikka joylab, 1,5 kg atrofida tuz soling. Tuz
idishidan ozgina suv toshib chiqishi mumkin, bu normal holat.
4. Qopqog‘ini ehtiyot qilib joyiga burab qo‘ying.
5. Tuz idishiga tuz solingach, tuz haqida ogohlantiruvchi chiroq o‘chishi kerak.
Boshqaruv panelidagi tuz haqida ogohlantiruvchi chiroq yonganida idishga tuz solish kerak. Idishdagi tuz
yetarli bo‘lsa ham, to‘liq erib ketmagunicha indikator chirog‘i o‘chmay turishi mumkin.
Boshqaruv panelida ogohlantirish chirog‘i yo‘q bo‘lsa, mashina nechta sikl ishlaganiga qarab, qachon tuz
solish kerakligini hal qilasiz.
Mashina ichiga ko‘p miqdorda tuz to‘kilgan bo‘lsa, uni tozalash uchun oldindan yuvish dasturini ishga
tushiring.
Yuvish vositasi va suvni
yumshatkich ishlatish
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 20 11/10/2020 11:22:06 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать