Samsung DW60M6050FS [205/224] Aqua xavfsizlik

Samsung DW60M6050FS [205/224] Aqua xavfsizlik
Idish yuvish mashinasini sozlash _37
06 IDISH YUVISH MASHINASINI SOZLASH
Qaynoq suv ulanishi
Jihozga suv quyish tirqishiga uydagi qaynoq suv tizimini (markazlashtirilgan isitish tizimi) ulash mumkin,
buning uchun uning harorati 60 °C dan oshmasligi lozim. Bu holda yuvish sikli vaqti taxminan 15 daqiqaga
qisqartiriladi va yuvish samarasi ozgina pasayadi. Qaynoq suv tizimiga ulash jarayoni sovuq suvga ulash
jarayoni bilan bir xil bo‘ladi.
Jihozni joylashtirish
Jihozni kerakli joyga joylashtiring. Orqa tarafi devorga suyanib turishi kerak, yonlari esa qo‘shni
bo‘lmalar yoki devorga qaraydi. Mashinadagi suv quyish va oqava shlanglarini o‘ng yoki chap tarafga
joylashtirish mumkin, bu esa to‘g‘ri o‘rnatishga yordam beradi.
Shlanglardagi qoldiq suvni chiqarib tashlash
Agar rakovina poldan 1000 mm balandda bo‘lsa, shlanglardagi ortiqcha suvni unga chiqarib bo‘lmaydi.
Shlanglardagi ortiqcha suvni rakovinadan pastroqqa qo‘yilgan tog‘ora yoki boshqa idishga chiqarish kerak
bo‘ladi.
Suv chiqishi
Oqava shlangini ulang. Suv sizib chiqmasligi uchun oqava shlangi tegishli tarzda ulanishi kerak.
Suv quyish shlangi bukilmasligi yoki ezilmasligi kerak.
Uzaytirgich shlang
Oqava shlangini uzaytirish kerak bo‘lsa, bir xil o‘lchamdagi va xuddi shu sifatdagi shlang ishlating.
U 4 metrdan uzun bo‘lmasligi kerak; aks holda, mashinaning tozalash samarasi pasayadi.
Sifon ulanishi
Oqava ulanishi mashinaning tagiga nisbatan 40 sm (minimum) va 100 sm (maksimum) oraliqdagi
balandlikda bo‘lishi lozim. Oqava shlangi xomut bilan mahkamlanishi lozim.
Aqua-xavfsizlik
Akva-xavfsizlik tizimi bu suv sizib chiqishining oldini oluvchi xavfsizlik klapani tizimidir. Suv kiradigan
shlangdan suv sizib chiqa boshlasa, xavfsizlik klapani suvni to‘sadi. Suv quyish shlangi yoki xavfsizlik klapani
shikastlangan bo‘lsa, olib tashlab, boshqasini qo‘ying.
Suv quyish shlangini kengaytirmang yoki qisqartirmang.
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 37 11/10/2020 11:22:34 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать