Samsung DW60M6050FS [203/224] Tozalash va qarov _35

Samsung DW60M6050FS [203/224] Tozalash va qarov _35
Tozalash va qarov _35
05 TOZALASH VA QAROV
IDISH YUVISH MASHINASINI PROFILAKTIKA QILISH
Har gal yuvishdan so‘ng
Har gal yuvishdan so‘ng suv kranini yopib, eshikni qiya ochiq qoldiring, shunda namlik va noxush hidlar chiqib
ketadi.
Tokdan uzing
Tozalash yoki qarovdan oldin doim mashinani tokdan uzing.
Hech qanday eritgich yoki abraziv tozalagich ishlatmang
Mashinaning tashqi qismini va rezina qismlarini tozalash eritgich yoki abraziv tozalash vositalaridan foydalanmang.
Mato bilan iliq sovunli suv ishlating. Ichki yuzasidan dog'larni ketkizish uchun namlangan latta bilan ozgina oq sirka
yoki idish yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan tozalash moddasi ishlating.
Ta’tilga ketsangiz
Ta’tilga ketsangiz, mashinani bo‘sh holida yuvish siklini bajarib, keyin tokdan uzib, suvni yopib, mashina eshigini qiya
ochiq qoldiring. Shunda izolyatsiyasi uzoqroq ishlab, mashina ichida noxush hidlar paydo bo‘lmaydi.
Mashinani ko‘chirish
Agar mashinani ko‘chirish kerak bo‘lsa, uni vertikal holatda tutishga harakat qiling. Juda bo‘lmasa, orqa tarafiga
egishingiz mumkin.
Izolyatsiya
Mashina ichida noxush hidlarning hosil bo‘lish omillaridan biri bu ovqat qoldiqlari izolyatsiyada tiqilib qolishidir.
Buning oldini olish uchun muntazam ravishda nam latta bilan tozalab turish lozim.
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 35 11/10/2020 11:22:34 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать