Samsung DW60M6050FS [204/224] Elektr ulanishlari haqida

Samsung DW60M6050FS [204/224] Elektr ulanishlari haqida
36_ Idish yuvish mashinasini sozlash
Idish yuvish mashinasini sozlash
OGOHLANTIRISH : Tok urishi xavfi bor
Mashinani o‘rnatishdan avval elektr tokidan uzib qo‘ying.
Ushbu talabga amal qilmaslik o‘lim yoki tok urishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT: Quvurlar va elektr anjomlar malakali mutaxassislar tomonidan o‘rnatilishi lozim.
Elektr ulanishlari haqida
DIQQAT, shaxsiy xavfsizlik uchun:
BU JIHOZ BILAN UZAYTIRGICH KABEL YOKI ADAPTERLI VILKA ISHLATMANG.
HAR QANDAY SHAROITDA HAM YERGA ULASH ELEKTRODINI ELEKTR SHNURIDAN UZMANG
YOKI AJRATMANG.
Elektrga oid talablar
220-240 V~, 50 Gs saqlagich yoki avtomatik uzgich.
Mashina uchun tok manbaidan alohida kabel torting.
Yerga ulash yo‘l-yo‘riqlari
Ishlatishdan avval yerga tegishli tarzda ulanganligiga amin bo‘ling
Bu jihoz yerga ulanishi shart. Mashina to‘g‘ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan hollarda yerga ulash
elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo‘l bilan ta’minlagan holda elektr toki urishi xavfini kamaytiradi.
Bu jihoz bilan birga yerga ulaydigan o‘tkazgich hamda yerga ulash tiqini ham ta’minlangan. Bu tiqin
tiqiladigan rozetka tegishli tarzda o‘rnatilgan hamda barcha mahalliy qoidalarga asosan yerga ulangan
bo‘lishi lozim.
OGOHLANTIRISH: Mashinaning yerga ulaydigan o‘tkazgichini noto‘g‘ri ulash oqibatida tok urishi
xavfi yuzaga kelishi mumkin. Mashinani yerga ulashning to‘g‘ri bajarilganligiga ishonchingiz komil
bo‘lmasa, maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassisga
murojaat qiling. Mashina bilan birga kelgan vilkani o‘zgartirmang.
SUV QUYISH VA OQAVA
Sovuq suv ulanishi
Sovuq suvni quyish shlangini rezbali 3/4 (dyuymli) ulamaga ulang va
joyiga mustahkam qotirilganiga ishonch hosil qiling.
Suv quvurlari yangi bo‘lsa yoki ancha vaqtdan beri ishlatilmagan bo‘lsa,
suv chiqarib ko‘ring, suv tiniq bo‘lishi kerak. Bundan maqsad, suv
quyish shlangining to‘silib qolib, mashinaga shikast yetkazishining oldini
olishdir.
Birga kelgan suv shlangi akva-xavfsizlik tizimiga ega. Suv quyish
shlangining akva-xavfsizlik quvuri kranga ulangan bo‘lishi kerak.
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-04_UZ.indd 36 11/10/2020 11:22:34 AM

Содержание

Похожие устройства

Скачать