Philips FC6726/01 [13/42] Oʻrnatilgan qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish

Philips FC6726/01 [13/42] Oʻrnatilgan qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish
13
O'zbek
Kafolat va qoʻllab-quvvatlash
Agar sizga axborot yoki qoʻllab-quvvatlash kerak boʻlsa, www.philips.com/support manziliga tashrif buyuring yoki xalqaro kafolat varaqasiga
qarang.
Qayta ishlash
- Bu belgi elektrotexnika mahsulotlarini va batareyalarni odatiy maishiy chiqindilar (Rasm 3) bilan birga yoʻq qilish mumkin emasligini anglatadi.
- Mamlakatingizdagi elektrotexnika mahsulotlari va batareyalarni alohida toʻplash qoidalariga amal qiling.
Oʻrnatilgan qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish
Jihoz tashlab yuborilayotgan paytda, uning oʻrnatilgan, qayta quvvatlanadigan batareyasi faqat malakali mutaxassis tomonidan ajratib olinishi lozim.
Batareyani ajratib olayotganda, jihoz tarmoqdan uzilganiga va batareya toʻliq quvvatsiz ekaniga ishonch hosil qiling.
Jihozni ochish uchun asboblardan foydalanishda va quvvatlanadigan batareyalarni chiqindiga tashlashda barcha kerakli
xavfsizlik choralarini koʻring.
Batareyani qoʻlga olganingizda, qoʻllaringiz, mahsulot va batareyalar quruq ekanligiga ishonch hosil qiling.
Batareyani ajratib olgandan soʻng, qisqa tutashuv sodir boʻlmasligi uchun batareya klemmalariga metall buyumlar (masalan,
tanga, soch qadagich, uzuk) teginishiga yoʻl qoʻymang. Batareyalarni zarqogʻozga oʻramang. Batareyani chiqindiga
tashlashdan avval, uning klemmalarini skotch bilan oʻrang yoki batareyani paketga soling.
1 Jihozni tarmoqdan uzing va motor butunlay toʻxtaguncha kutib turing.
2 Chang idishini jihozdan chiqarib oling.
3 Dastak ustidan ekran qopqogʻini yechib oling (Rasm 4).
4 Dastak qopqogʻidagi vintni burab chiqaring va jihoz dastagidagi qopqoqni yeching (Rasm 5) .
5 Ostki qopqoq vintlarini burab chiqarilgandan (1) keyin yon panellar ajratib olinadi (Rasm 6).
6 Chap va oʻng tarafdagi ostki qopqoq vintlarini burab chiqaring (1). Keyin ostki qopqoq(2) ajralib chiqadi (Rasm 7) .
7 Batareya ulagichini va ekran ulagichini bosma plata shtekerlaridan chiqarib oling (Rasm 8).
8 Batareya ramkasi vintlarini burab oling (Rasm 9).
9 Batareyani jihozdan ajratib oling va uni qoidalar koʻrsatmalariga muvofiq chiqindiga tashlang (Rasm 10).
Muammolarni bartaraf qilish
Bu bobda jihoz bilan ishlashda yuzaga keluvchi eng koʻp tarqalgan muammolar sanab oʻtilgan. Agar siz muammoni quyidagi axborot bilan hal qila
olmasangiz, eng koʻp beriladigan savollar roʻyxatini koʻrish uchun www.philips.com/support manziliga tashrif buyuring yoki mamlakatingizdagi
mijozlarga xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
Muammo Ehtimoliy sababi Yechim
Tugmachani bosganda jihoz
ishlamayapti.
Batareya quvvati tugaganda, ekranning
quyi segmentida qizil chiroq yonib oʻchadi.
Batareyani quvvatlash uchun jihozni quvvatlash
stansiyasiga ulang yoki qoʻl changyutkichini bevosita
quvvatlash stansiyasi magnitiga mahkamlab qoʻying.
Jihozni yoqish uchun sudragichni oldinga
bosishingiz kerak.
1-sozlamaga oʻtkazish uchun sudragichni oldinga yuriting.
Kirlangan yuzalarni tozalash uchun sudragichni
2-sozlamaga oʻtkazib, soʻrish quvvatini yanada oshiring.
Jihozning yutish quvvati odatdagidan
kam.
Filtrlar va siklon kirlangan. Filtr va siklon tozalansin. Jihozdan muntazam
foydalanayotgan boʻlsangiz, gubkali filtrni ikki haftada
kamida bir marotaba yuving.
Chang idishi qopqogʻi chang idishiga
toʻgʻri qoʻyilmagan. Chang idishi jihozga
notoʻgʻri mahkamlangan. Ikkala holatda
ham, yutish quvvati kamayadi.
Chang idishining qopqogʻi toʻgʻri qoʻyilganiga va chang
idishi jihozga to‘gʻri mahkamlanganiga ishonch hosil qiling.
Trubka ichida biror narsa tiqilgan boʻlishi
mumkin.
Trubkani oling va undagi tiqilishni tekshiring.
Chang jihozdan chiqib ketyapti. Filtr kirlangan. Filtr tozalansin.
Jihozda filtr yoʻq. Filtr jihozda ekanligiga va u toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch
hosil qiling.
Siklonni nimadir toʻsib turibdi. Siklonning ichiga biror narsa tiqilganligini koʻzdan
kechiring va siklonni toʻsayotgan hamma narsani olib
tashlang.
Agar chang idishidan chang tushayotgan
boʻlsa, chang idishi qopqogʻi chang
idishiga notoʻgʻri qotirilgan boʻlishi
mumkin.
Chang idishini boʻshating va chang idishi qopqogʻini toʻgʻri
qoʻying.
Gilamni tozalaganda jihoz polda silliq
harakatlanmayapti.
Juda kuchli yutish quvvati tanlangan. Yutish kuchini kamaytirish uchun 1-sozlamani tanlang.
FC6726, FC6723, FC6722: Choʻtka
aylanmay qoldi.
Choʻtka juda katta qarshilikka duch
kelyapti.
Choʻtkani qaychi yoki qoʻl bilan tozalang.
Agar choʻtka uzun tukli gilamning juda
kuchli qarshiligiga duch kelsa, aylanmay
qolishi mumkin.
Jihozni oʻchirib, qaytadan ishga tushiring.

Содержание

Похожие устройства

Скачать