Samsung MG20A7118AW/BW [107/156] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung MG20A7118AW/BW [107/156] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
O'zbek 3
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
O'zbek 3
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN
SAQLAB QO'YING.
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha zichlagichlari shikastlangan
bo'lsa, pechni vakolatli shaxs tomonidan ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik
kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining ta'siridan himoya qiluvchi
qopqoqni ochish bilan bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli
shaxs tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
OGOHLANTIRISH: Suyuqlik va boshqa taomlar mahkam yopilgan idishlarda
isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz foydalanishlariga faqat
bola pechdan xavfsiz ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri foydalanish
xaviligini tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan keyingina ruxsat
bering.
Bu qurilma faqat ro'zg'orda ishlatishga mo'ljallangan, uni quyidagi joylarda
ishlatmang:
do'kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida;
og'ilxonalarda;
mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar tomonidan;
to'shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan
foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish xav
mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish uchun mo'ljallangan.
Taomlar yoki kiyimlarni quritish va yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam
kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki yong'in xavning
vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash kabelini
rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun eshikchani
ochib qo'ying.
Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi
mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda ehtiyot bo'lish lozim.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun bankalarning
ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda kuyishning oldini olish uchun
iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib ko'rish kerak.

Содержание

Похожие устройства

Скачать