Samsung MG20A7118AW/BW [147/156] Foydali maslahatlar

Samsung MG20A7118AW/BW [147/156] Foydali maslahatlar
O'zbek 43
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Foydali maslahatlar
Qotgan asalni eritish
20 g qotgan asalni kichkina chuqur shisha idishga soling.
Asal erigunicha 300 Vt quvvatda 20-30 soniya qizdiring.
Jelatinni eritish
Quruq jelatin plastinkalarini (10 g) 5 daqiqa sovuq suvga soling.
Jelatindan suvni oqizib tashlang va uni issiqqa chidamli kichkina tarelkaga joylashtiring.
300 Vt quvvatda 1 daqiqa qizdiring.
Jelatinni u eriganidan keyin aralashtiring.
Qiyom tayyorlash (pishiriq va pechenye uchun)
Tez tayyorlanadigan qiyomni (taxminan 14 g) 40 g shakar va 250 ml sovuq suv bilan aralashtiring.
Issiqqa chidamli shishadan yasalgan kosada ustini yopmasdan qiyom shaof rangga kirgunicha 850 Vt
quvvatdan foydalanib 3½ daqiqadan 4½ daqiqagacha tayyorlang. Tayyorlash vaqtida ikki marta aralashtiring.
Jem tayyorlash
600 g mevani (masalan, reza mevalar aralashmasi) issiqqa chidamli shishadan qilingan qopqoqli idishga
soling. Konservalash uchun 300 g shakar qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Ustini yopgan holda, 850 Vt
quvvat bilan 10-12 daqiqa pishiring.
Tayyorlash paytida birnecha marta aralashtiring. Burama qopqoqli jem uchun mo'ljallangan kichkina
bankachalarga soling. Bankachalarni 5 daqiqa qopqog'ini pastga qilgan holda qo'ying.
Puding/shirin krem tayyorlash
Pudding konsentratiga shakar va sutni (500 ml) konsentrat ishlab chiqaruvchisi ko'rsatmalariga amal qilgan
holda qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan kosadan foydalaning.
Qopqoqni yopgan holda 850 Vt quvvatda 6½ daqiqadan 7½ daqiqagacha tayyorlang.
Tayyorlash vaqtida bir necha marta yaxshilab aralashtiring.
Bodom bo‘lakchalarini qizartirish
30 g bodom bo‘lakchalarini o‘rtacha o‘lchamdagi sopol tarelkaga tekis qatlam qilib yoying.
600 Vt quvvatda 3½ dan 4½ daqiqagacha qizartirish paytida birnecha marta aralashtiring.
Pechda 2-3 daqiqa tursin. Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
Yangi mahsulotlar Porsiya hajmi Quvvat 1-qadam (min.) 2-qadam (min.)
Tovuq bo'laklari 450-500 g
(2 dona)
300 Vt + Gril 10-12 12-13
Ko'rsatmalar
Tovuq bo'laklarini yog' bilan yog'lang va ziravorlar seping. Ularni suyaklari o'rtaga
qilib panjaraga aylana shaklda joylashtiring. 1 ta tovuq bo'lagini panjaraning
o'rtasiga joylashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Yumshatilgan qo'y
go'shti/Mosh go'shti
steyklari (o'rtacha)
400 g (4 dona) Faqat gril 12-15 9-12
Ko'rsatmalar
Yumshatilgan qo'y go'shtini yog'lang va ziravorlar seping. Ularni panjaraga
aylana shaklida joylashtiring. Grilda tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
Cho'chqa go'shtidan
tayyorlangan steyklar
Mikroto'lqin+Gril 300 Vt + Gril Faqat gril
250 g (2 dona) 7-8 6-7
Ko'rsatmalar
Cho'chqa go'shtini yog'lang va ziravorlar seping. Ularni panjaraga aylana shaklida
joylashtiring. Grilda tayyorlangandan keyin. 2-3 daqiqa kuting.
Pishirilgan olmalar 1 ta olma
(taxminan 200 g)
300 Vt + Gril 4-4½ -
2 ta olma
(taxminan 400 g)
6-7
Ko'rsatmalar
Olmalarning o'rtasini o'ying va unga mayiz va murabbo soling. Ularning ustiga
bodom bo'laklarini qo'ying. Olmalarni tekis issiqqa chidamli shisha idishga
joylashtiring. Idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnisga joylashtiring.
Qovurilgan tovuq Mikroto'lqin+Gril 450 Vt + Gril 300 Vt + Gril
1200 g 24-25 22-23
Ko'rsatmalar
Tovuqni yog' bilan yog'lang va ziravorlar seping. Birinchi tovuqni ko'kragini
pastga qaratgan holda, ikkinchi tovuqni ko'kragini tepaga qaratgan holda issiqqa
chidamli idishga qo'ying. Grilda tayyorlagandan keyin 5 daqiqa kuting.

Содержание

Похожие устройства

Скачать