Samsung MG20A7118AW/BW [110/156] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung MG20A7118AW/BW [110/156] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
6 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Umumiy xavfsizlik
Har qanday o'zgartirish yoki ta'mirlashni malakali mutaxassis amalga oshirishi kerak.
Germetik konteynerdagi ovqat yoki suyuqlikni mikroto'lqin funksiyasida isitmang.
Pechni tozalash uchun benzol, suyultirgich, spirt, bug' yoki yuqori bosimli tozalagichlardan foydalanmang.
Pechni bunday joylarga o'rnatmang: issiqlik manbalari yoki yonuvchan materiallar yaqinida, nam, yog'li, chang
yoki to'g'ridan-to'g'ri tushuvchi quyosh nurlari yoki suv ta'siri ostidagi joylar; gaz sizib chiqishi mumkin bo'lgan
joylar; notekis sirt.
Pechni mahalliy va davlat qoidalariga muvoq yerga to'g'ri ulash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabelining vilkasi va aloqa joylaridan yot jismlarni ketkazish uchun muntazam ravishda
quruq latta bilan artib turing.
Elektr manbaiga ulash kabelini tortmang, bukmang yoki ustiga og'ir buyum qo'ymang.
Gaz sizib chiqayotgan bo'lsa (propan, siqilgan gaz va hokazo), darhol xonani shamollating. Elektr shnuriga
tegmang.
Elektr shnuriga ho'l qo'lingiz bilan tegmang.
Pech ishlab turganida uning elektr manbaiga ulash vilkasini sug'urib olmang.
Barmog'ingizni yoki yot jismlarni tiqmang. Pechga yot jismlar kirib qolsa, tokdan sug'uring va mahalliy
Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pechga nisbatan kuch ishlatmang yoki ta'sir o'tkazmang.
Pechni nozik buyumlar ustiga qo'ymang.
Elektr tarmog'idagi kuchlanish, chastota va tok kuchining qurilmaning texnik xususiyatlariga mosligiga
ishonch hosil qiling.
Vilkani rozetkaga mahkam tiqing. Bir nechta vilkali adapter, uzaytirgich yoki transformatorlardan
foydalanmang.
Elektr shnurini metal buyumlarga ilib qo'ymang. Shnur buyumlarning orasidan yoki pechning orqasidan
o'tsin.
Shikastlangan vilka, elektr shnuri yoki bo'shab qolgan rozetkadan foydalanmang. Vilka yoki shnur
shikastlangan bo'lsa, mahalliy Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Bevosita pechga suv quymang yoki sepmang.
Pech ustiga, ichiga va eshigiga hech qanday buyum qo'ymang.
Pech ustiga uchuvchan moddalar, masalan, insektitsid sepmang.
Pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang. Spirt bug'lari pechning qaynoq qismlariga tegishi mumkin,
shu sababli tarkibida spirt bo'lgan taom yoki ichimliklarni isitayotganda ehtiyot bo'ling.
Bolalar pech eshigiga urilib ketishi yoki barmog'ini qisib olishi mumkin. Eshigini ochib-yopayotganda bolalarni
yaqinlashtirmang.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan
taqdirda va uning xavni tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar bu
qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Agar bolalar 8 yoshdan katta va nazorat
ostida bo'lmasalar, ular qurilmani tozalashi va unga texnik xizmat ko'rsatishi
mumkin emas.
Pech va uning tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning qo'llari
yetmaydigan tarzda saqlang.

Содержание

Похожие устройства

Скачать