Samsung MG20A7118AW/BW [134/156] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MG20A7118AW/BW [134/156] Mikroto lqinli pechni ishlatish
30 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
6. Sabzavot/don
Kod/Taom Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
6-1
Ko'k loviya
250 g Ko'k loviyalarni chaying va tozalang. Ularni qopqoqli shisha
idishga tekis joylashtiring. Tayyorlayotganda 250 g uchun
30 ml (2 qoshiq) suv qo‘shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopilgan holda pishiring. Tayyorlagandan keyin aralashtiring.
1-2 daqiqa kuting.
6-2
Ismaloq
150 g Ismaloqni yuving va tozalang. Qopqoqli shisha idishga
joylashtiring. Suv qo'shmang. Idishni aylanuvchi patnisning
markaziga joylashtiring. Yopilgan holda pishiring.
Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
6-3
So'tali makkajo'xori
250 g So'tali makkajo'xorini yuving va tozlalang hamda oval
shaklidagi shisha idishga qo'ying. Mikroto'lqinli pech uchun
mo'ljallangan plyonka bilan yoping va tirqish oching. 1-2
daqiqa kuting.
6-4
Jigarrang guruch
125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha
idishdan foydalaning.
Ikki barobar miqdorda sovuq suv qo'shing (250 ml).
Yopilgan holda pishiring. Kutish vaqtidan avval aralashtiring
va tuz hamda ko'katlar qo'shing. 5-10 daqiqa kuting.
6-5
Elanmagan undan
qilingan makaron
125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha
idishdan foydalaning.
500 ml qaynoq suv, bir chimdim tuz qo'shing va yaxshilab
aralashtiring. Qopqog'ini yopmasdan tayyorlang. Kutib turish
vaqtidan avval aralashtiring va dasturxonga tortishdan avval
suvini qoldirmasdan to'kib tashlang. 1 daqiqa kuting.
Kod/Taom Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
6-6
Olabuta
125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha
idishdan foydalaning.
Ikki barobar miqdorda sovuq suv qo'shing (250 ml).
Yopilgan holda pishiring. Kutish vaqtidan avval aralashtiring
va tuz hamda ko'katlar qo'shing. 1-3 daqiqa kuting.
6-7
Bulgur
125 g Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha
idishdan foydalaning.
Ikki barobar miqdorda sovuq suv qo'shing (250 ml).
Yopilgan holda pishiring. Kutish vaqtidan avval aralashtiring
va tuz hamda ko'katlar qo'shing. 2-5 daqiqa kuting.
6-8
Sabzavotli gratin
500 g Pishirib olingan kartoshka bo'laklari, qovoqcha bo'lakchakari
va pomidor kabi sabzavotlar va sousni mos o'lchamdagi
issiqqa chidamli shisha idishga joylashtiring. Tepasiga
maydalangan pishloqni joylashtiring. Idishni panjaraga
qo'ying. 2-3 daqiqa kuting.
6-9
Tomat-gril
400 g Pomidorni yuving va tozalang, ularni teng ikkiga bo'ling
va mikroto'lqin uchun mo'ljallangan idishga joylashtiring.
Tepasiga maydalangan pishloqni joylashtiring. Idishni
panjaraga qo'ying. 1-2 daqiqa kuting.

Содержание

Похожие устройства

Скачать