Samsung MG20A7118AW/BW [128/156] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MG20A7118AW/BW [128/156] Mikroto lqinli pechni ishlatish
24 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-10
Olxo'ri qoqili tovuq
oyoqchalari
325 g
(2 dona)
Yupqa to'g'ralgan piyoz - 15 g, yupqa to'g'ralgan sabzi - 20 g,
tovuq oyoqchasi - 2 dona (160-180 g), qora olxo'ri - 5-7 dona
(50 g), tovuq bulyoni yoki quruq konsentratli suv - 150 ml
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini ichi chuqir tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini qo'ying,
qora olxo'ri va bulon qo'shing. Tarelkani mikroto'lqinli pechga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida oyoqchalarni ag'daring va
tayyorlash jarayonini davom ettiring.
2-11
Xantal sousi
qo'shilgan cho'chqa
bo'yni
250 g 01 Cho‘chqa bo‘yni - 150 g, qirilgan sabzi - 20 g,
to‘g‘ralgan piyoz - 20 g, tovuq go‘shtidan
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon
kubikchasi - 100 ml
02 Sous uchun aralashma: Un - 5 g, dijon xantali - 20 g,
smetana - 30 g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Go'shtni uzun bo'lakchalarga kesing, sabzavotlarni tayyorlang va tovuq bulonini
qo'shing. (01) Tarelkaga quying. Yaxshilab aralashtiring va tayyorlashni boshlang.
Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (02). Pech tovushli signal berganida
aralashmani go'shtli bulonga quying, aralashtiring va tayyorlash jarayonini davom
ettiring.
2-12
Sabzavotlar bilan
pishirilgan forel
210-240 g Sariyog' - 5 g, yupqa sabzi - 35 g, yupqa piyoz - 25 g,
qiymalangan sarimsoq -3 g, maydalangan selderey barglari
- 5 g, forel - 1 dona - 220-250 g, tuz - 1 g, yanchilgan oq
qalampir - ½ g, sariyog' - 5 g
Ko'rsatmalar
Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz,
sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan forelni
qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan yoping. Uni
mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-13
Qotirilgan tuxum
qo'shilgan go'shtli
rulet
180 g Go'shtli qiyma (mol yoki cho'chqa go'shti) - 150 g, qotirib
qaynatilgan tuxum - 1 dona, tuz - 2 g, murch - ½ g
Ko'rsatmalar
Ziravorlarni qo'shing va qo'lda yaxshilab aralashtiring. Qiymani aylana qilib
yoying. Aylana markaziga tuxumni qo'ying. Tuxumni hamma tomonidan qiyma
bilan yoping. Olingan mahsulotga yoysimon shakl bering. Tarelkaga joylashtiring.
Tarelkani gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
2-14
Tez pishiriladigan
do'lma
225 g
(2 dona)
01 Do'lma
(а) Go'sht qiymasi (mol yoki cho'chqa go'shti) - 120 g,
pishgan guruch - 25 g, maydalangan karam - 25 g,
tuz - 1-2 g, murch - ½ g
(b) Yupqa piyoz - 30 g, mol bulyoni yoki quruq
konsentratli suv - 100 ml
02 Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 10 g,
smetana - 30 g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Sabzavot va ziravorlarni go'shtga qo'shing va qo'lda yaxshilab aralashtiring (a).
Ikkita oval shaklini yasang. Piyozni chuqur tarelkaga soling. Ustidan do'lmalarni
qo'ying va bulonni qo'shing (b). Tarelkani gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni
boshlang. Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (02). Pech tovushli signal
berganida aralashmani do'lmali bulonga quying. Do'lmani aylantiring va tayyorlash
jarayonini davom ettiring.
2-15
Kotletlar
114 g
(2 dona)
01 Oq non- 10 g, sut- 15 ml
02 Mol yoki cho'chqa go'shtidan tayyorlangan qiyma -
120 g, tuz - 2 g, murch - 1 g
03 Bulash uchun suxari uni- 5 g
Ko'rsatmalar
Nonga sut quying (01). Qiyma bilan yaxshilab aralashtiring. Ziravorlarni qo'shing
(02). Ikkita kotlet yasang va maydalangan suxari (03) seping. Tarelkaga joylashtiring.
Tayyorlashni boshlang.

Содержание

Похожие устройства

Скачать