Samsung MG20A7118AW/BW Руководство по эксплуатации онлайн [127/156] 785861

Samsung MG20A7118AW/BW Руководство по эксплуатации онлайн [127/156] 785861
O'zbek 23
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-4
Limonli qumloq
pechenye
190 g (5 dona) Un - 100 g, sariyog‘ - 50 g, shakar - 40 g, tuxum sarig‘i -
½ dona, iliq suv - 1 qoshiq, limon po‘stlog‘i, shakar-qiyom
uchun: Tuxum sarig‘i - 1 dona, shakar kukuni - 3-5 g
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang. Ularni
mumlangan qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tayyorlashni
boshlang. Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum sarig'i bilan tepasidan
yog'lang, shakar kukuni seping va tayyorlash jarayonini davom ettiring. Sovushini
kuting.
2-5
Tvorogli somsa
95 grammdan
2 dona
Tvorog - 90-100 g, un - 10 g,
shakar (vanilla qo'shilgan shakar) - 10 g, tuz - 0,5 g, tuxum -
¼ dona, sariyog' - 5-10 g (yog'lash uchun)
Ko'rsatmalar
Yog'dan boshqa barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Ikkita tvorogli somsa
yasang. Tvorogli somsalarni yog' bilan yog'lang. Ularni mumlangan qog'ozga
joylashtiring va keyin gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech
tovushli signal berganida tvorogli somsalarni ag'daring va tayyorlash jarayonini
davom ettiring.
2-6
Pishloqli tostlar
40-60 g Tost noni - 2 dona 26-28 grammdan,
pishloq - 2 dona 20 grammdan
Ko'rsatmalar
Ikkita tostni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal
berganida tostlarni ag'daring va ularning ustiga pishloq bo'laklarini qo'ying. Va
tayyorlash jarayonini davom ettiring.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
2-7
Pishloqli suxarilar
125 g (5 dona) Pishloq - 125 g (har biri 25 grammdan 4-5 dona), tuxum -
½ dona, bulash uchun suxari uni - 3-5 g
Ko'rsatmalar
Pishloqni 5 sm x 5 sm o'lchamlardagi to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga kesing.
Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari seping. Avval
pech grilini 5 daqiqa qizdirib oling. Pishloqni mumlangan qog'ozga joylashtiring.
Keyin uni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
2-8
Moskvacha baliq
270 g 01 Shampinonlar - 30 g, sudak biqin go'shti - 150 g,
o'simlik yog'i - 5 g
02 Smetana- 30 g (2 x 15 g)
03 Pishirilgan kartoshkaning dumaloq bo'laklari - 2 dona
(60-70 g/dona), tuz - 5 g, yanchilgan oq qalampir -
½ g, qirilgan pishloq - 25 g
Ko'rsatmalar
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. Yog'dan tomizing
(01). Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana porsiyasining
yarmini sopol tarelkaga (markaziga) soling (02). Shu smetanaga qo'ziqorinni soling.
Shunga baliqni ham soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq atroga kartoshkani
yoyib chiqing. Kartoshkaga pishloq qo'yib chiqing (03). Tayyorlash jarayonini
davom ettiring.
2-9
Grillangan losos
steyki
150-170 g Suyaklari va terisi bo'lgan losos steyki - 200-250 g, tuz - 1 g,
limon - 15 g (sharbat), o'simlik moyi - 5 g
Ko'rsatmalar
Losos steykiga ziravorilarni seping va yog' bilan yog'lang. Tarelkaga joylashtiring.
Tarelkani gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal
berganida steykni ag'daring. Va tayyorlash jarayonini davom ettiring.

Содержание

Похожие устройства

Скачать