Samsung MG20A7118AW/BW [122/156] Mikroto lqinli pechni ishlatish

Samsung MG20A7118AW/BW [122/156] Mikroto lqinli pechni ishlatish
18 O'zbek
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Tayyorlash vaqtini o'zgartirish
Mikroto'lqinli pech tayyorlayotgan paytida tayyorlash vaqtini uzaytirish yoki qisqartirish mumkin.
Ochish bilan istalgan vaqtda tayyorlash jarayoni holatini tekshiring, keyin zarur bo‘lsa, tayyorlash vaqtini
uzaytiring yoki qisqartiring.
1-usul
Tayyorlash vaqtini 30 soniya uzaytirish uchun
СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Masalan: Uch daqiqa qo'shish uchun СТАРТ/+30сек
(BOSHLASH/+30s) tugmasini olti marta bosing.
IZOH
Tayyorlash vaqtini faqat uzaytirish mumkin.
2-usul
Tayyorlash vaqtini o'zgartirish uchun < yoki > (Tushirish/
Oshirish) tugmasini bosing.
Taom tayyorlashni to'xtatish
Tayyorlash jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin, bu quyidagi harakatlarni bajarishga imkon beradi:
Taom tayyorlashni nazorat qilish
Taomni ag'darish yoki aralashtirish
Dimlab pishirish uchun qoldirish
Tayyorlashni vaqtinchalik to‘xtatish
1. Eshikchani oching yoki СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bir marta bosing.
Tayyorlash vaqtinchalik to'xtatiladi.
2. Tayyorlashni davom ettirish uchun eshikchani yopib, СТАРТ/+30сек (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing.
Tayyorlashni butunlay to‘xtatish
1. Eshikchani oching yoki СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bir marta bosing.
Tayyorlash vaqtinchalik to'xtatiladi.
2. СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini yana bosing.
Quvvatni tejash rejimini o'rnatish
Bu pechda quvvatni tejash rejimi bor.
СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
Boshqaruv paneli displey o‘chadi.
Quvvatni tejash rejimini to‘xtatish uchun eshikchani
oching yoki СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO)
tugmasini bosing. Boshqaruv panelida joriy vaqt
chiqadi.
IZOH
Avtomatik energiyani tejash funksiyasi
Sozlanayotganda yoki operatsiya pauza qilinganida 25 daqiqa buyruq berilmasa, jihoz kutish rejimiga qaytadi.
Shuningdek, agar eshikni ochiq qoldirsangiz, 5 daqiqadan keyin ichki chiroq avtomatik ravishda o‘chadi.

Содержание

Похожие устройства

Скачать