Samsung MG20A7118AW/BW Руководство по эксплуатации онлайн [125/156] 785861

Samsung MG20A7118AW/BW Руководство по эксплуатации онлайн [125/156] 785861
O'zbek 21
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
Quyidagi jadvalda oldindan dasturlangan 76 ta tayyorlash opsiyalariga oid miqdorlar va kerakli yo‘l-yo‘riqlar
berilgan.
DIQQAT
Taomni qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling.
Rus retsepti dasturi tavsi
1. Uydagi desert
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-1
Yong‘oqli funtli
keks
1 porsiya Un 120 g, sariyog‘ 150 g, qora shakar 100 g, tuxum 2 dona,
yong‘oq (maydalangan) 50 g, pishirish sodasi 4 g
Ko'rsatmalar
1. Sariyog‘ va qora shakarni jomda aralashtiring.
2. Tuxumni qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
3. Un bilan pishirish sodasini qo‘shib, aralashtiravering.
4. Yong‘oqni qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
5. Aralashmani yog‘langan shisha yoki plastik idishga quying.
6. Idishni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-1] bandini tanlang.
7. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
1-2
Bananli non
1 porsiya
(6 dona)
Banan 3 dona, quymoq aralashmasi 120 g, sut 120 g, tuxum
1 dona, solod siropi 2 qoshiq.
Ko'rsatmalar
1. Bananni to‘g‘rang.
2. Quymoq aralashmasi, sut, tuxum, solod siropini idishga soling.
3. Bananni qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
4. Aralashmani 6 ta qog‘oz stakanga quying.
5. Qog‘oz stakanlarni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-2] bandini
tanlang.
6. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
1-3
Biskvit
1 porsiya Un 170 g, sariyog‘ 50 g, shakar 150 g, tuxum 3 dona,
pishirish sodasi 10 g
Ko'rsatmalar
1. Sariyog‘ va shakarni jomda aralashtiring.
2. Tuxumni qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
3. Un bilan pishirish sodasini qo‘shib, aralashtiravering.
4. Aralashmani yog‘langan shisha yoki plastik idishga quying.
5. Idishni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-3] bandini tanlang.
6. Tayyorlagandan keyin 2-3 daqiqa kuting.
1-4
Shokoladli pirojniy
1 porsiya Un 90 g, sariyog‘ (eritilgan) ½ chashka, shakar 230 g, tuxum
2 dona, kakao kukuni 40 g
Ko'rsatmalar
1. Sariyog‘, ko‘pirtirilgan tuxum va shakarni jomda aralashtiring.
2. Un bilan kakao kukunini qo‘shib, aralashtiravering.
3. Aralashmani yog‘langan shisha yoki plastik idishga quying.
4. Idishni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying va Rus retsepti [1-4] bandini tanlang.
5. Tayyorlagandan keyin 20-30 daqiqa kuting.

Содержание

Похожие устройства

Скачать