Samsung MG20A7118AW/BW Руководство по эксплуатации онлайн [131/156] 785861

Samsung MG20A7118AW/BW Руководство по эксплуатации онлайн [131/156] 785861
O'zbek 27
Mikroto‘lqinli pechni ishlatish
O'zbek 27
3. Sho'rva
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
3-1
Yormali kasha
260 g "Gerkules" suli yormasi – 50 g, shakar – 5 g, tuz – 0,5 g,
qaynatilgan suv – 200 ml, sovuq sut – 100 ml
Ko'rsatmalar
Yormani chuqur tarelkaga soling, shakar va tuz qo'shing. Qaynagan suv, sut
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.
3-2
Go'shtli solyanka
340 g 01 To'g'ralgan piyoz - 45 g, mol go'shtidan tayyorlangan
bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi -
350 ml
02 Kavar - 7 g, qirilgan tuzlangan bodring - 50 g, tomat
pastasi - 10 g, zaytun - 16 g, zaytun suyuqligi - 20 ml,
dafna bargi - 1 dona, go'shtli assorti - 30 g, mol go'shti
bulyoni yoki quruq konsentratli suv - 300 ml
Ko'rsatmalar
Piyozni katta jomga soling, qaynayotgan (1) bulyonni qo‘shing. Tayyorlashni
boshlang. Pech signal berishi bilan boshqa masalliqlarni (2) qo'shing. Barchasini
yaxshilab aralashtiring, bulon, dafna bargi qo'shing va tayyorlash jarayonini davom
ettiring.
3-3
Karam sho'rva
340 g 01 Qirilgan lavlagi - 50 g, to‘g‘ralgan karam - 20 g, qirilgan
sabzi - 15 g, to‘g‘ralgan piyoz - 10 g, tomat pastasi -
15 g, shakar - 5 g
02 Mol go'shtidan tayyorlangan bulon yoki suvga
aralashtirilgan bulon kubikchasi - 650 ml, dafna bargi -
1 dona, sirka 9 % - 5 ml (ta'bga ko'ra)
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni katta kosaga soling (1), qaynoq bulyon (Mol go‘shti bulyoni
yoki quruq konsentratli suv - 650 ml) va dafna bargi qo‘shing. Tayyorlashni
boshlang, pech signal berganida yaxshilab aralashtiring va tayyorlash jarayonini
davom ettiring.
Kod/Taom Porsiya hajmi Tarkibi
3-4
Tovuqli ugra
350 g Vermishel - 10 g, tovuq lesi - 50 g, qirilgan sabzi - 15 g,
to'rg'algan piyoz - 10 g, tovuq go'shtidan tayyorlangan
bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon kubikchasi - 440 ml
Ko'rsatmalar
Vermishelni katta jomga soling, qaynagan bulon va boshqa masalliqlarni qo'shing.
Yaxshilab aralashtiring va tayyorlashni boshlang.
3-5
Shchi karam
sho'rvasi
250 g 01 Mayda to‘g‘ralgan cho‘chqa bo‘yni - 170 g,
mayda to‘g‘ralgan piyoz - 20 g, tovuq go‘shtidan
tayyorlangan bulyon yoki suvga aralashtirilgan
bulyon kubikchasi - 100 ml
02 Sous uchun aralashma: Un - 5 g, tomat pastasi - 15 g,
suv - 50 ml, qirilgan tuzlangan bodring - 30 g
Ko'rsatmalar
Go'sht va piyozni ichi chuqur jomga joylashtiring va bulon qo'shing. (1) Tayyorlashni
boshlang. Pech tovushli signal berishi bilan ag‘daring, sous (2), sabzavotlar, bulyon
va go‘shtni aralashtiring. Aralashtiring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
3-6
Sabzavotli sho'rva
350 g Muzlatilgan sabzavotlar - 150 g, sabzavotli bulyon yoki
suvga aralashtirilgan bulyon kubikchasi - 300 ml
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynagan bulon qo'shing. Tayyorlashni
boshlang.
3-7
Koreyscha ugra
120 g
(1 xaltacha)
Koreyscha ugra 1 xaltacha, suv (xona haroratida) - 550 ml
Ko'rsatmalar
Paketni ochib, ugra, sho'rva va suvni (550 ml) mikroto‘lqinli pechga xavfsiz chuqur
kosaga soling. Yaxshilab aralashtiring. Ovqat plyonkasi bilan o'rab, birnecha marta
teshing. Mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.

Содержание

Похожие устройства

Скачать