Samsung WW90A6S44AE/LD Руководство по эксплуатации онлайн [157/220] 786141

Samsung WW90A6S44AE/LD Руководство по эксплуатации онлайн [157/220] 786141
O'zbek
O'zbek9
Kir yuvish mashinasidan foydalanishni boshlashdan avval uning asosiga biriktirilgan qadoqlarni (gubka, penoplast)
olib tashlanganligiga ishonch hosil qiling.
Mashinaning kirlangan qismlarini gazolin, benzin, kerosin, boʻyoqlarning erituvchilari, spirt yoki boshqa yonuvchi
yoki portlovchi moddalar bilan yuvmang.
Bu elektr toki urishi, yongʻin yoki portlashga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ishlayotganda (yuqori haroratli suv bilan kir yuvish/quritish/siqish rejimlarida) uning eshigini
kuch bilan ochmang.
Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab boʻlishi yoki polni sirpanchiq qilishi mumkin. Bu
jarohat olishga sabab boʻlishi mumkin.
Eshikni kuch bilan ochish jihozning ishdan chiqishiga yoki jarohat olishiga sabab boʻlishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qoʻllaringiz bilan tegmang.
Bu elektr toki urishiga sabab boʻlishi mumkin.
Qurilma yoqilgan vaqtda elektr manbaiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzmang.
Elektr manbaiga ulash shnurini yana rozetkaga ulash uchqun chiqishiga sabab boʻlishi va elektr toki urishi yoki
yongʻinga olib kelishi mumkin.
Bolalarning mashina ustiga chiqishlariga yoʻl qoʻymang.
Bu elektr toki urishi, kuyish yoki jarohat olishga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda, uning ostiga qoʻllaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang.
Bu jarohat olishga sabab boʻlishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda, rozetkadan uzmang. Har doim vilkani
mahkam ushlang va uni toʻgʻridan-toʻgʻri rozetkadan sugʻurib oling.
Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yongʻin va/yoki elektr toki urishiga olib kelishi
mumkin.
Qurilmani oʻzingizcha taʻmirlash, qismlarga ajratish yoki oʻzgartirishga urinmang.
Standart shakldagi predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis
qoʻyilma, poʻlat sim va hokazo) foydalanmang.
Kir yuvish mashinasini taʻmirlash yoki qaytadan oʻrnatish kerak boʻlgan hollarda oʻzingizga eng yaqin joylashgan
xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qiling.
Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yongʻin chiqishi, jihozning ishlashi bilan bogʻliq muammolar yoki
shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga koʻmib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash shnurini
rozetkadan uzing.
Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yongʻinga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanilmaslik yoki momaqaldiroq yoki chaqmoq boʻlayotgan vaqtda, elektr
manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzib qoʻying.
Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yongʻinga olib kelishi mumkin.
Untitled-16 9 2022-02-16  7:26:32

Содержание

Скачать