Samsung WW90A6S44AE/LD [166/220] Oʻrnatish

Samsung WW90A6S44AE/LD [166/220] Oʻrnatish
O'zbek
Oʻrnatish
O'zbek18
Pol qoplamasi
Kir yuvish mashinasi eng yaxshi darajada ishlashi
uchun u tekis va qattiq sirtga o‘rnatilgan bo‘lishi
kerak. Tebranishlarni va/yoki muvozanatlashmagan
yuklanishlarni kamaytirish uchun yog‘och pollarni
mustahkamlash talab qilinishi mumkin. Gilam
qoplamasi va yumshoq plitka yuzalari tebranishga
yaxshi qarshilik koʻrsatmaganligi tufayli siqish
sikli davomida kir yuvish mashinasining ozgina
harakatlanishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Kir yuvish mashinasini hech qachon platformaga yoki
noturg‘un sirtlarga O‘RNATMANG.
Suv harorati
Kir yuvish mashinasini suv muzlashi mumkin bo‘lgan
joylarga o‘rnatmang, chunki suv mashinasining
klapanlari, nasoslari va/yoki shlanglarida doimo
ma’lum miqdorda suv qoladi. Ulanish qismlarida
qolgan muzlagan suv kamarlar, nasos va kir yuvish
mashinasining boshqa qismlariga shikast yetkazishi
mumkin.
Tokchaga o'rnatish
Barqaror ishlashi uchun minimal masofalar:
Yon tomonlar bo‘yicha 25 mm
Tepasi 25 mm
Orqadan 50 mm
Old taraf 550 mm
Agar kir yuvish mashinasi va quritgich bir joyga
o'rnatilsa, tokchaning old tomonida kamida 550 mm
bo'lgan, to'siqsiz havo kirish tirqishi bo'lishi kerak. Kir
yuvish mashinasining o‘zi uchun hech qanday maxsus
havo kirish tirqishi talab qilinmaydi.
Untitled-16 18 2022-02-16  7:26:33

Содержание

Скачать