Samsung WW90A6S44AE/LD [178/220] Kir yuvish bo yicha ko rsatmalar

Samsung WW90A6S44AE/LD [178/220] Kir yuvish bo yicha ko rsatmalar
O'zbek
Ishga tushirishdan avval
O'zbek30
Kir yuvish bo‘yicha korsatmalar
1-qadam Saralash
Kirlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha turlarga ajrating:
Yuvish bo‘yicha korsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va
viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.
Rang: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.
O‘lcham: Turli o‘lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.
Ta’sirchanlik: Toza, yangi junli buyumlar, pardalar va ipakli buyumlar uchun Oson dazmollash opsiyasidan
foydalanib nozik buyumlarni alohida yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.
IZOH
Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.
2-qadam Cho‘ntaklarni boshating
Yuviladigan kiyimlaringizning barcha chontaklarini bo‘shating
Kiyimlardagi tanga, tog‘nag‘ich va to‘qa kabi buyumlar boshqa kiyimlarni hamda barabanni shikastlashi
mumkin.
Tugma va kashtali kiyimlarini ichini ag‘darib soling
Agar yuvish vaqtida shim yoki kurtkalarning zamoklari ochiq bo'lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Zamoklar
yopilishi va ip bilan bog‘lab qo‘yilishi kerak.
Uzun bog‘ichlari bo‘lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval
iplarning biriktirib qo‘yilganligiga ishonch hosil qiling.
3-qadam Kir yuvish torini ishlating
Siynabandlar (mashinada yuvish mumkin bo'lganlari) kir yuvish to'riga joylashtirilishi kerak. Siynabandlarning
metall qismlari boshqa kirlarni teshishi va yirtishi mumkin.
Paypoq, qo‘lqop, chulki paypoqlari va ro‘molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi
mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to‘r qopchalariga joylashtiring.
Kir yuvish to‘r qopchasini boshqa kirlarga qo‘shmagan holda alohida yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib
yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.
4-qadam Dastlabki yuvish (zarur bo‘lsa)
Kiyimlar juda kirlangan bo‘lsa, tanlangan sikl uchun Dastlabki kir yuvish opsiyasini tanlang. Kir yuvish vositasi qo‘lda
barabanga solinganida, Dastlabki kir yuvish opsiyasini ishlatmang.
Untitled-16 30 2022-02-16  7:26:37

Содержание

Скачать