Samsung WW90A6S44AE/LD [179/220] Qadam yuklanish hajmini aniqlang

Samsung WW90A6S44AE/LD [179/220] Qadam yuklanish hajmini aniqlang
O'zbek
O'zbek31
5-qadam Yuklanish hajmini aniqlang
Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining to‘g‘ri
yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi uchun yuklanish sig‘imini bilish uchun 39-sahifaga qarang.
IZOH
Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig‘imi 2,0
kg yoki undan kam.
DIQQAT
Bir tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini kamaytiradi.
Kirlar barabanga solingani va eshikka qisilib qolmaganiga amin bo‘ling.
Eshikni qattiq yopmang. Eshikni ohista yoping. Aks holda to‘g‘ri yopilmasligi mumkin.
6-qadam Mos turdagi kir yuvish vositasidan foydalaning
Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo'ljallangan kir yuvish vositasidan foydalaning.
IZOH
Yuviladigan kirlarning og‘irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga
asoslangan holda, kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini
aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta’minoti organiga murojaat qiling.
Qattiqlashishga moyil bo‘lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari barabanning
suv chiqarish tirqishlarini berkitgan holda, chayish siklidan keyin qolishi mumkin.
DIQQAT
Jun siklida jun yuvishda junli materiallarga mo‘ljallangan vositani ishlating. Jun siklidan foydalanilganda, kukunli
kir yuvish vositasi kirda qolishi va uning rangini o‘chirishi mumkin.
Untitled-16 31 2022-02-16  7:26:37

Содержание

Скачать