Samsung WW90A6S44AE/LD Руководство по эксплуатации онлайн [159/220] 786141

Samsung WW90A6S44AE/LD Руководство по эксплуатации онлайн [159/220] 786141
O'zbek
O'zbek11
Siz xarid qilgan jihoz faqat uyda foydalanish uchun moʻljallangan.
Jihozdan ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan bog`liq maqsadlarda foydalanish jihozdan notoʻgʻri foydalanish
hisoblanadi. Bunday hollarda jihozga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qoʻllanilmaydi va bunday
notoʻgʻri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab
boʻlmaydi.
Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan
shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qoʻymang.
Bu tok urishi, yongʻin chiqishi, jihoz bilan bogʻliq muammolar yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Jihoz sirtiga insektitsid kabi tez bugʻlanuvchi materiallarni sepmang.
Odam uchun xavi boʻlish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yongʻin chiqishi yoki jihozning ishlashi bilan
bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
Bu notoʻgʻri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori boʻladi. Bunday suvga
tegmang.
Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab boʻlishi mumkin.
Suv haroratiga bogʻliq ravishda quritish vaqti farq qilishi mumkin. Agar suv harorati juda baland boʻlsa, quritish
jarayoni suv sovuganidan keyin boshlanadi.
Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud boʻlmasa, oʻtirgʻichlar uchun
suv oʻtkazmaydigan toʻshamalar, boʻyralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.
(*): Jundan qilingan choyshablar, yomgʻirga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, changʻichilarning shimlari,
uxlash uchun yostiqchalar, yoʻrgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni
yopish uchun tentlar va hokazo.
Hattoki yorligʻida kir yuvish mashinasi belgisi koʻrsatilgan boʻlsa ham, qalin yoki qattiq toʻshamalarni yuvmang.
Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar
yetkazishga olib kelishi mumkin.
Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi boʻlgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik
ajralib ketishi va baraban ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi notoʻgʻri ishlashlarga olib
kelishi mumkin.
Kir yuvish vositasi qutisi oʻz joyiga qoʻyilmagan holda, kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.
Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq boʻladi.
Bu kuyishga sabab boʻlishi mumkin.
Yuvish va quritish paytida eshik shishasi issiq boʻladi. Shuning uchun, eshik oynasiga tegmang.
Shuningdek, bolalarning kir yuvish mashinasi atroda oʻynashlariga yoki eshik oynasiga tegishiga yoʻl qoʻymang.
Bu kuyishga sabab boʻlishi mumkin.
Untitled-16 11 2022-02-16  7:26:32

Содержание

Скачать