Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT Инструкция по эксплуатации онлайн [185/240] 300119

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT Инструкция по эксплуатации онлайн [185/240] 300119
OgOhlantirish: Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari
uchun bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda
kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib
ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib
bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham
mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom qoldiqlarini
olib tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir
ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
Bu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport vositalariga
o'rnatish uchun mo'ljallanmagan.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi
va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari
mumkin emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu
qurilmadan foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat
qilib turgan hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini
olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki
malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
OgOhlantirish: Suyuqliklar va boshqa taomlar mahkam yopilgan
idishlarda isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishi mumkin.
Mikroto'lqinli pechni suv sepib tozalash mumkin emas.
Bu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson bo'lgan
tarzda to'g'ri yoʼnalish va balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv qo'yilgan
holda ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
O'zbek - 5
01 xAvfSIzLIK TO'G'RISIDA mA'LumOTLAR
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 5 2014-10-16  4:15:48

Содержание

Похожие устройства