Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [209/240] Isitish

Samsung NQ 50 H 5533 KS/WT [209/240] Isitish
O'zbek - 29
04 pecHDAN fOyDALANISH
Isitish
Bu mikroto'lqinli pechda taomlarni oddiy pechga qaraganda ancha tez isitish mumkin.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Yirik ovqatlarni, masalan, go'sht bo'laklarini isitmaslikka harakat qiling, chunki markazi
isigunicha pishib qolishi va qurib ketishi mumkin. Maydaroq bo'laklarni isitish maqsadga
muvofiqdir. Isitish paytida o'rab qo'yilsa, taom qurib ketishining oldi olinadi.
Quvvat darajalari
Taomlarni isitish uchun turli quvvat darajalarini ishlatish mumkin.
Umumiy qilib aytganda, yirik miqdordagi, tez isiydigan yengil taomlarni, masalan, qiymali
savatni isitishda quvvatning past darajasini ishlatgan ma'qul.
Aralashtirish
Yaxshi natija olish uchun taomni isitish paytida aralashtirib turing yoki ag'daring. Iloji bo'lsa,
dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. Ayniqsa suyuqlikni isitishda aralashtirish
yordam beradi.
Isitish va kutish vaqti
Mahsulotni ilk marta isitganda buning uchun qancha vaqt ketganligini yozib qo'ying va
keyinchalik shu qiymatdan foydalaning. Haddan tashqari isitib yubormang.
Amin bo'lmasangiz, tayyorlash vaqtini kamroq qo'yavergan ma'qul. Keyin kerak bo'lsa,
qo'shimcha isitiladi. Taomning to'liq isiganligini albatta tekshiring.
Isitgandan keyin haroratning butun taom bo'ylab tenglashishi uchun biroz kuting.
Isitgandan keyin 2-4 daqiqa kutish tavsiya etiladi.
Suyuqlikni isitish
Suyuqliklarni isitishda ehtiyot bo'ling. Qattiq qaynash va kuyib qolishning oldini olish uchun,
suyuqlikka qoshiq yoki shisha cho'p solib qo'ying. Suyuqlikni isitish paytida aralashtiring va
isitilgandan keyin uni DOIM aralashtiring. Harorat teng tarqalishi uchun pech o'chirilgandan
keyin kamida 20 soniya kuting.
NQ50H5533KS_WT_DE68-04306L-00_UZ.indd 29 2014-10-16  4:16:02

Содержание

Похожие устройства